Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dibala Ispaniya klubiga o‘tadi

Dibala Ispaniya klubiga o‘tadi

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala Madridning «Atletiko» klubiga o‘tadi, deb xabar beradi Football Italia.

Ispaniya klubi Grizmanni sotib, o‘rniga argentinalik to‘purarni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Uning transfer narxi 150 - 200 mln yevro oralig‘ida bo‘lishi mumkin. «Atletiko» bu qiymatni pasaytirish uchun bitimga chernogoriyalik himoyachi Stefan Savichni qo‘shib bermoqchi.

Dibala 2017 yil aprel oyida «Yuventus» bilan yangi shartnoma imzolagan edi. U ayni paytda A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 35ta o‘yin o‘tkazib, 21ta gol urgan va 3ta golga hammualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 10:23, 30.03.2018.
O'qildi: 6720 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик