"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Stok Siti" bilan uchrashuvni o‘tkazib yuborgan darvozabon Pyotr Chexning jarohati haqida gapirdi.
"U shanba kuni ertalab chov og‘rig‘i bilan uyg‘ondi. Umid qilamanki, u payshana kuni safda bo‘ladi", - deydi Venger.
5 aprel kuni "Arsenal" o‘z maydonida Yevropa ligasi chorak finalining birinchi o‘yinida SSKAni qabul qiladi. "Stok Siti" bilan o‘yinda darvozani David Ospina qo‘riqlagan.