Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 20:00 Dinamo 0-1 Olimpik
14/06 23:59 Germaniya - Shotlandiya
15/06 18:00 Vengriya - Shveysariya
15/06 21:00 Ispaniya - Xorvatiya
15/06 23:59 Italiya - Albaniya

Matye Valbuena: «Muvaffaqiyatsizlik sababini o‘zingizdan qidiring»

Matye Valbuena: «Muvaffaqiyatsizlik sababini o‘zingizdan qidiring»

Baho:
+ | -

«Marsel» va «Lion» klublarida faoliyat olib borgan yarim himoyachi Matye Valbuena ayni payt Tur­kiya­ning «Fenerbaxche» jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Yaqinda u Le Parisien nashriga intervyu berdi. G‘uyida ana shu suhbatni o‘qishingiz mumkin.

- Joriy mavsumdan boshlab «Fenerbaxche» safida o‘ynayapsiz. Turkiya chempionatidagi o‘yiningizga qanday baho berasiz?

- Hammasini statistika ko‘rsatib turibdi. Barcha turnirlarda 6ta gol urib, 15ta samarali uzatma berdim. Vaholanki, ikkinchi davrada kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lyapman.

- Jamoani o‘zgartirish haqida o‘ylamayapsizmi?

- Yo‘q, albatta. Katta klubda o‘ynayotganim - omadim. Mahalliy fanatlarga ixlosim baland. Ular futbolni juda sevishadi. Bunday holatni Marselda ko‘rgandim. Lekin Turkiyada butun mamlakat futbolga muxlis sanaladi.

Shartnoma imzolash uchun Istanbulga kelganimda aeroportda minglab odamlar kutib olishdi. Bu yerda fanatlar jamoaga jiddiy bosim o‘tkaza olishadi. Agar mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunlasak, buni inqiroz deyishadi.

- Fransiya chempionatining o‘tgan turida ikkita sobiq jamoangiz - «Marsel» va «Lion» to‘qnash keldi. Ularning qay biriga muxlislik qildingiz?

- «Marsel» - mening hayotim. Bu jamoada futbolchi sifatida o‘sdim, o‘z nomimga ega bo‘ldim va faoliyatimning eng yaxshi damlarini o‘tkazdim. Hattoki, «Lion»da o‘ynaganimda ham qalbimdagi jamoa «Marsel» ekanligini ko‘p bora aytganman.

- 2015 yilning sentyabrida «Marsel» fanatlari «qaynoq» qabul qilishganidan keyin hammi?

- Hushtakbozlikni jiddiy qabul qilmayman. Lekin klub tarixini o‘chirib tashlash hech kimning qo‘lidan kelmaydi. «Marsel» uchun ko‘p narsa qilganimni bilaman. Hech qachon aldamaganman. «Lion»ga o‘tishim kimlargadir yoqmagani tabiiy.

- Siz fransuz futbolidagi qarama-qarshi personajlardan birisiz. Buni qanday izohlaysiz?

- Butun faoliyatim davomida vaziyat bilan kurashishimga to‘g‘ri keldi. Lekin hech qachon taqdirga tan bermaganman. Hamisha oldinga intilganman. Hech bir insonni barcha barobar yaxshi ko‘rmaydi.

- «Lion»da ham muammolarga duch keldingiz...

- «Lion»dagi birinchi mavsumim faoliyatimdagi eng qiyini bo‘lgan. Ammo avvaliga barchasi yomon ketmayotgandi. Meni «shantaj» qilishni boshlashganidan so‘ng muammolar yuzaga keldi (Benzema bilan bog‘liq voqea).

- Lekin o‘tgan mavsumda juda yaxshi o‘ynadingiz. Avvalgi formangizni tiklab olishingizda nima yordam berdi?

- Ko‘pchilik imkoniyatlarimga shubha bilan qaragandi. Lekin o‘zim emas. Meni klub prezidenti Jan-Mishel Olyas qo‘llab turdi. Ehtirosli insonman. Uning qo‘llashlari menga ijobiy ta’sir o‘tkazdi. 2016 yilning yozida yaqinlarimga hali yuqori saviyada o‘ynay olishimni isbotlashimni aytdim. Muvaffaqiyatsizlik sabablarini o‘zingizdan qidirishingiz kerak. Murabbiy yoki boshqalardan emas.

- Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempionatiga bormasligingizga ko‘nikdingizmi?

- Albatta. Vaziyatga real baho berish kerak. Yoshingiz o‘tgani sari hammasini tushunib borasiz. Terma jamoada o‘ynaganimdan faxrlanaman. Bu har qanday futbolchi uchun yuqori cho‘qqi hisoblanadi.

- Yangi avlod futbolchilari haqidagi fikringiz qanday?

- Iqtidorli futbolchilar borligi yaxshi.

- Fransiya terma jamoasi Rossiyadagi jahon chempionatida g‘olib chiqishga qodirmi?

- Televizor orqali terma jamoamizga muxlislik qilaman. Imkoniyatlari haqida gapiradigan bo‘lsam, jamoamiz hal qiluvchi bosqichlargacha yetib bora oladi. Lekin tan olib aytish kerak, Germaniya, Braziliya yoki Ispaniya terma jamoalarining imkoniyatlari yuqoriroq.

- Kilian Mbappening o‘yinlariga qanday baho berasiz?

- 2016 yilning dekabrida ham uni hech kim tanimasdi. O‘tgan yevromavsumning kashfiyotiga aylandi. Lekin top-futbolchi bo‘lish uchun bir necha yillar o‘zining kuchli ekanini isbotlashiga to‘g‘ri keladi.

Kilianning shu yoshida qilayotgan ishlariga qoyil qolish kerak. Ammo undan mo‘’jizalar kutish yaramaydi. Albatta, Mbappening iqtidoriga gap yo‘q. Biroq hozircha hech nimani isbotlamadi. Unga vaqt berish darkor.

- So‘nggi savol: Agar Karim Benzema bilan maydonda to‘qnash kelsangiz salomlashasizmi?

- Ha. Hech qanday muammosiz salomlashaveraman.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:27, 02.04.2018.
O'qildi: 1796 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.