Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

“Metallurg” PFKda ma’naviyat soati o‘tkazildi

“Metallurg” PFKda ma’naviyat soati o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Bekobodning “Metallurg” jamoasi a’zoalari dushanba kunidan e’tiboran Qibray o‘quv-mashg‘ulot maskanida Superliganing 5-turidan o‘rin egallagan “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi tayyorgarlikni boshlab yubordi. Har kuni ikki mahaldan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilyapti. Futbolchilarning kayfiyati a’lo, shu boisdan keyingi uchrashuvga ham tayyorgarlik ko‘ngildagidek o‘tmoqda.

Jamoada jarohat olgan o‘yinchilar bor. ular jamoa shifokorining nazorati ostida individual tarzda shug‘ullanishyapti. Umumiy olganda esa murabbiylar shtabi o‘yinchilarning ruhiy va funksional tayyorgarligidan qoniqish hosil qilishyapti.

Bugun ertalab jismoniy tayyorgarlikni tiklash, to‘p bilan ishlash mashqlariga e’tibor qaratildi. Kunning ikkinchi yarmida Qibray O‘MM ma’naviyat xonasida Ma’rifat soati o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 mart kuni qabul qilingan "Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining ijrosi bo‘yicha “Metallurg”  jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shipilov ma’ruzasi tinglandi.

Andrey Sergeevich o‘z ma’ruzasida mazkur qarorning mamlakatimizda millionlar o‘yini rivoji hamda ommaviyligini oshirishdagi muhim ahamiyati, futbol klublari, bolalar futbol maktablari, akademiyalar infratuzilmasini mustahkamlash, ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratib berish borasidagi o‘rni, nufuzi haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ko‘rsatilayotgan rag‘batga munosib bo‘lish, “Metallurg” PFK ham yurt futboli ravnaqida chetda qolmasdan, o‘zining munosib hissasini qo‘shishi shartligi, milliy chempionatda ijobiy ishtiroki orqali minglab, millionlab muxlislar qalbini quvonchga to‘ldirish, xalqaro maydonlarga chiqish yo‘lida har bir mutaxassis, murabbiy hamda futbolchida ustuvor maqsad bo‘lishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Ma’rifat soatida ishtirok etgan jamoa murabbiylari Alisher Ahmedov, Fevzi Davletovlar ham O‘zbekistonda sportga, xususan, uning eng ommaviy turi – futbolni rivojlantirishga Davlat, Hukumat miqyosida katta e’tibor berilayotganligini mamnuniyat bilan qayd etishdi. Bu kabi e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlarga yarasha yuqori natijalar sari dadil odimlash, yurt sha’nini hamisha munosib himoya etish futbolchilarning bosh maqsadi ekanligini doimo yodda tutishlarini aytib o‘tishdi.

Yakunda jamoa rahbariyati, bu kabi ma’rifat soatlarini tez-tez o‘tkazib turilishini ta’kidlab o‘tdi.

“Metallurg” klubi matbuot xizmati

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 19:48, 03.04.2018.
O'qildi: 2131 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.