Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

“Real Madrid” akademiyasi vakillari O‘zbekistonga qachon kelishi ma’lum bo‘ldi

“Real Madrid” akademiyasi vakillari O‘zbekistonga qachon kelishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -

Shu yilning 22 yanvar kuni O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib, "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan uchrashgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Shu yilning 22 yanvar kuni O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib, "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan uchrashgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Uchrashuv davomida "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida O‘zbekistonda "Real Madrid" klubining futbol maktabi ochilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.

Ana shu kelishuv bo‘yicha ish tartibini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon G‘ofurov Ispaniyaga tashrif buyurib, “Real Madrid” akademiyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Kelishuvga ko‘ra "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha ham hamkorlik qilinadi. Ular futbol maktablarida mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.

Shuningdek, yurtimizdagi iste’dodli bolalarni "Real" Madridga olib borish, "Qirollik klubi" tomonidan tashkil etiladigan musobaqalarda ularning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ham hamkorlik qilinadigan bo‘ldi.

"Real Madrid" Akademiyasi xorijiy davlatlarda faqat Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida ish olib bormoqda.

Endilikda ushbu dastur asosida "Real Madrid" metodologiyasini o‘zbekistondagi futbol klublarida ham qo‘llash, futbolchilar bilan yangicha uslubda mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra shu yilning iyun oyida “Real Madrid” klubi akademiyasi mutasaddilari va vakillari yurtimizga tashrif buyuradigan bo‘lishdi. Ular O‘zbekistonda bir oyga yaqin vaqt davomida bo‘lib, “Qirollik klubi” akademiyasini tashkil etish, yurtimizdagi futbol maktablari va akademiyalarida ispan futboli metodikasi bo‘yicha ish olib borish, bolalar futboli murabbiylarining malakasini oshirish, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish borasida ish olib borishadi.

Manba: uzreport.news
Kiritildi: 09:35, 04.04.2018.
O'qildi: 4011 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик