Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Legionerlarimizda qarama-qarshi taasurotlar…

Legionerlarimizda qarama-qarshi taasurotlar…

Baho:
+ | -

Iroda samarasi. Server Jeparovning klubi - «Istiqlol» Eron Pro-ligasi 26-turi doirasida «Naft» mehmoni bo‘lib, iroda evaziga g‘alaba qozondi. Ya’ni hisobni mezbonlar ochishgach, tehronliklar hujumga zo‘r berib, o‘yin yakunida 2ta gol urgan holda, ortga 3 ochko bilan qaytishdi.

Odatdagidek, boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan Server ham ushbu natijaga imkon qadar hissa qo‘shdi. Shu bilan «Istiqlol»ning ochkolari soni 44taga yetdi va jamoa turnir jadvalining 2-o‘rnida. To‘g‘ri, tehronliklar peshqadam - «Piruzi»dan 13 ochko ortda qolmoqdalar.

O‘xshamasa qiyin-da... «Chanchun Yatai» - «Guanjou Fuli» o‘yini (Xitoy Superligasi 4-turi)  mezbon jamoa safidagi Anzur Ismoilovga aslo tatimagani aniq. Zero, «Yatai» yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘la turib, yakunda 1:2 hisobida yutqazdi. Boz ustiga, hamyurtimizning jamoadoshlari naq 2ta penaltidan foydalana olishmadi.

Anzurning o‘ziga kelsak, u omadsiz uchrashuvda to‘liq vaqt harakatlandi. Xullas, «Chanchun Yatai»ning g‘alabasiz seriyasi davom etmoqda. Klub hisobida 2ta durang va shuncha mag‘lubiyat bor. Xitoydagi yana bir vakilimiz Odil Ahmedov esa4-tur o‘yinida qarama-qarshi taassurotlar og‘ushida qoldi.

Birinchidan uning klubi - «Shanxay SIPG» o‘z maydonida «Chonkong Lifan»ni 2:1 hisobida dog‘da qoldirib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi (4ta o‘yin - 4ta g‘alaba). Ikkinchidan, «SIPG»ning birinchi goliga aynan hamyurtimiz assistentlik qildi. Biroq Odil 85-daqiqada qizil kartochka oldi. Demak, u Superliganing keyingi turida shanxayliklarga yordam berolmaydi.

Janob Syomin, Denisovga imkon bersangiz-chi? Rossiya Premyer-ligasida chempionlikni ko‘zlayotgan «Lokomotiv» 24-tur o‘yinida o‘ta muhim ochkolarni boy berdi. «Temiryo‘lchilar» autsayderlardan biri - «Amkar»ga bas kelolmadilar - 1:2.

Eng achinarlisi, jamoa bosh murabbiyi Yuriy Syomin terma jamoamiz himoyachisi Vitaliy Denisovga hamon imkoniyat bermayapti. «Lokomotiv»ning mag‘lubiyatidan «Spartak» unumli foydalandi.

Ya’ni peshqadamning eng yaqin ta’qibchisi o‘z maydonida «Tosno»ni 2:1 hisobida yengib, o‘rtadagi ochkolar farqini 2taga tushirdi (to‘g‘ri, «Loko» zaxirasida 1ta o‘yin bor). Poytaxtdagi o‘yinda mehmonlar yarim himoyachisi Vagiz Galiulin to‘liq vaqt harakatlanganini aytish joiz. Doston Hamdamov esa«Anji»da 2-o‘yinini o‘tkazdi.

Hamyurtimiz boshlang‘ich tarkibda maydonga tushib, 69-daqiqaga qadar to‘p surgan bahsda maxachqal’aliklar safarda «Krasnodar»dan ochko tortib olishdi - 1:1. «Rostov» safidagi Eldor Shomurodov klubining o‘z maydonida SSKAga qarshi kechgan mag‘lubiyatli o‘yini (1:2)da qatnashgani yo‘q.

Qaydnomada ham yo‘q. «Jubilo Ivata»Yaponiya elit ligasining 5-turida ham g‘alaba nashidasini surdi, biroq Fozil Musayevsiz. Qisqasi, hamyurtimiz 2:1 hisobida yakunlangan«Urava Reds»ga qarshi uy uchrashuvining qaydnomasiga ham kiritilmadi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:52, 04.04.2018.
O'qildi: 3973 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.