Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

YECHL. Kutilmagan natija: «Manchester Siti» yirik hisobda yutqazdi!

YECHL. Kutilmagan natija: «Manchester Siti» yirik hisobda yutqazdi!

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasida chempionlikni rasmiylashtirish arafasida turgan "Manchester Siti" uchun Yevropa chempionlar ligasining chorak final bosqichidagi dastlabki o‘yin muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Gvardiola shogirdlari "Liverpul" mehmoni bo‘lib, yirik hisobda imkoniyatni boy berishdi.

Klopp shogirdlari bahsning dastlabki yarim soatini juda tajovuzkor o‘tkazishdi hamda raqib darvozasini 3 marta ishg‘ol qilishdi. O‘yinning 12-daqiqasida mersisaydliklar tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi. Firmino yo‘llagan zarbangi Ederson qaytardi, ammo qaytgan to‘pni Saloh darvozaga joylab qo‘ydi.

Oradan 9 daqiqa o‘tib Oksleyd-CHemberlen olis masofadan kuchli zarba bilan hisobdagi farqni oshirdi. Uchrashuvning 31-daqiqasida Saloh yuqoridan yetkazgan uzatmaga Sadyo Mane bosh bilan zarba berdi va hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Qolgan daqiqalarda "shaharliklar" to‘pga egalik qilishdi, pozision hujumlar tashkil qilishdi. Ammo butun jamoa bo‘lib himoyalangan "Liverpul" o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Yevropa chempionlar ligasida g‘oliblikka da’vogar sifatida qaralayotgan "Manchester Siti" yarim finalga chiqa olmasligi mumkin. To‘qnashuv taqdiri 10 mart kuni Manchester shahrida o‘tadigan javob bahsida hal bo‘ladi.

Yevropa chempionlar ligasi, chorak final, dastlabki o‘yin
"LIVERPUL" - "MANCHESTER SITI" 3:0 (3:0)
Gollar: 1:0 – 12 Salax, 2:0 – 20 Oksleyd-CHemberlen, 3:0 – 31 Mane.
Liverpul – Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino (Solanke, 71), Oksleyd-CHemberlen (Moreno, 85), Salax (Veynaldum, 53), Milner, Mane, Xenderson.
Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Kompani, Laport, Uoker, de Bryuyne, Gyundogan (Sterling, 57), Silva, Fernandinyo, Sane, Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: Otamendi (45), Gabriel Jezus (76), de Bryuyne (80), Xenderson (86), Sterling (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:53, 05.04.2018.
O'qildi: 12088 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.