Germaniyalik sobiq posbon Oliver Kan “Bavariya”ni boshqarishga kim munosib ekanligini aytdi.
“Shak-shubhasiz, “Bavariya” Zidanga taklif jo‘natish haqida o‘ylashi lozim, chunki u ajoyib mutaxassis. Zidan bitta klubda yulduzga aylandi, buyuk o‘yinchi bo‘ldi. Bunday futbolchilardan esa yaxshi murabbiy chiqmasdi, ammo Zidan buni uddaladi. U YECHL bosh sovrinini ketma-ket 2 marta qo‘lga kiritdi. Hozir esa 3-marta ham shunday natija qayd etishga intilmoqda. Zidan — “Bavariya” uchun ideal variant”, dedi Kan.