Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

MOQ jurnalistlarni matbuot anjumaniga taklif etadi

MOQ jurnalistlarni matbuot anjumaniga taklif etadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Milliy Olimpiya qo‘mitasi mamlakatimizda yakkakurash sport turlari bo‘yicha yangi, jamoaviy musobaqalarga asos solmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli Farmoni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 9 martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio (YAponiya)da bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya hamda XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida”gi  PQ-2821-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘mita tomonidan “Olimpiya kelajagi” nomi ostida sportning yakkama-yakka kurash turlari bo‘yicha jamoaviy musobaqalar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Musobaqalar dzyudo, sport kurashlari, boks va taekvondo WTF sport turlari bo‘yicha tashkil etiladi. Mazkur bellashuvlar orqali Milliy olimpiya qo‘mitasi yoshlar orasida iste’dodli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha viloyat terma jamoalarini shakllantirish, mamlakat milliy terma jamoalariga munosib zahira yaratish, shuningdek, respublikaning barcha hududlarida sportchilarning tayyorgarlik darajasini o‘rganishni maqsad qilgan.

“Olimpiya kelajagi” musobaqasi start olishi arafasida ertaga, 6 aprel kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi konferens-zalida yuqorida nomlari sanab o‘tilgan sport federasiyalar rahbariyati, murabbiylar, yulduz sportchilar va jurnalistlar ishtirokida katta matbuot anjumani tashkil qilinadi. Anjuman soat 11:00da boshlanadi. Ommaviy axborot vositalarining turli sohalarida ijod qilayotgan qalam ahlini mazkur tadbirga taklif etamiz.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:32, 05.04.2018.
O'qildi: 1599 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.