Kirish Ro'yxatdan o'tish

Desham: “Faqat uchta terma jamoagina Fransiyadan kuchli”

Desham: “Faqat uchta terma jamoagina Fransiyadan kuchli”

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi ustozi Didye Desham jahon chempionatida shogirdlarining imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tdi.

“Ayni damda Fransiyadan kuchli bo‘lgan uchta terma jamoa bor. Men Ispaniya, Germaniya va Braziliya haqida gapiryapman. Bu jamoalarda allaqachon jahon va Yevropa chempionatlarida g‘olib bo‘lishga ulgurgan futbolchilar to‘p surishadi.

Fransiya — raqobatbardosh, yosh jamoa. Tarkibimizning yarmini jahon chempionatida birinchi marta o‘ynaydigan futbolchilar tashkil etadi. Men jamoamdagi 20 yoshli yosh futbolchilarga ishonaman, ular 3-4 yildan keyin tajribali futbolchilarga aylanishadi”, dedi Desham.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 18:35, 05.04.2018.
O'qildi: 5497 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.