Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Yoshlarga ishonch va o‘tmishga hurmat yoxud «Atletiko»ning «Barsa» va «Real» bilan raqobati xususida

Yoshlarga ishonch va o‘tmishga hurmat yoxud «Atletiko»ning «Barsa» va «Real» bilan raqobati xususida

Baho:
+ | -

«Atletiko» delegasiyasi bilan birga mazkur klub akademiyasi rahbarlaridan biri Antonio Rivera ham Moskvaga tashrif buyurdi.

U RMA biznes maktabidagi «Sportning o‘yin turlarida menejment» fakulteti talabalariga leksiya o‘qib, so‘nggi yillarda «matraschilar»ning «Real» va «Barselona»dek moliyaviy jihatdan anchagina kuchli bo‘lgan klublarga qay tariqa raqobat tug‘dirishayotgani xususida gapirdi.

XALQ JAMOASI

- So‘nggi yillarda «Atletiko» ikki bor Yevropa Ligasida g‘olib bo‘ldi, yana shuncha marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi va 2014 yili Ispaniya birinchiligida muvaffaqiyat qozondi - ya’ni «Barselona» va «Real»dek gigantlarni 3 ochkoga ortda qoldirib ketdi, - deydi Rivera faxrlanib.

- UYEFA reytingi natijalariga ko‘ra, aynan «Atletiko» bugun Yevropaning eng yaxshi klublaridan biri hisoblanadi. So‘nggi 6 yilda biz 6ta turli darajadagi finallarda to‘p surdik.

Byudjet borasida esa Yevropada bor-yo‘g‘i 12-o‘rindamiz, xolos. Joriy mavsum sarhisobiga nazar tashlasak, «Barselona» byudjeti 897 mln.ni, «Real»niki - 690, «MYU» - 655 mln.ni tashkil etadi. «Atletiko»niki esa - 343 mln.

***

- Shu o‘rinda bizni muvaffaqiyatlarga yetaklayotgan omillarga to‘xtalib o‘tsam. Birinchi navbatda, muxlislarimizni e’tirof etmoqchiman. Eshitishimcha, Rossiyada «Spartak»ni «xalq jamoasi» deb atasharkan, «Atletiko»da ham shunday. Ispaniyada bu klubni barcha hududlarda birdek hurmat qilishadi.

Hozirgacha 120 mingdan ortiq kishi klubimiz a’zolariga aylanishgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi jami obunachilarimiz soni 21 mln.dan oshib ketdi! Buni abonementlarimizni xarid qilishni istovchilar navbatga yozilganlarida ham ko‘rish mumkin.

***

- Biz o‘zgarishlardan qo‘rqmaymiz. Masalan, o‘tgan yili «Atletiko» gerbi o‘zgardi. Bir qarashda sezilar-sezilmasday, ammo bu ishdan norozilar baribir, topildi. Stadion borasida ham shu gap, klub «Vanda Metropolitano»ga ko‘chib o‘tdi. Bu «Atletiko» tarixidagi 5-stadiondir.

Muxlislarimiz yangi arena har tomonlama qulay ekanligini tushunib yetishdi. Bunday deyishimga sabab, «Visente Kalderon» uy-joylar qurshovida qolgan, mashinalarning to‘xtash joyi eng katta muammolardan biriga aylangandi.

Shuningdek, eski stadion faqat o‘yin kunlari faoliyat ko‘rsatardi. Boz ustiga, «Metropolitano»da tomoshabinlar sig‘imi avvalgi arenadagiga nisbatan 15 mingga ko‘proq.

AKADEMIYA

- «Atletiko»ning sobiq o‘yinchisi va klub akademiyasi rahbarlaridan biri sifatida shuni faxr bilan aytishim mumkinki, «Atletiko» tarbiyalanuvchilariga teng keladiganlari dunyoda kam topiladi. Bizga ideal tizim yaratish nasib qildi va aynan uning yordamida asosiy tarkibni yorqin iste’dodlar bilan doimiy ravishda ta’minlab kelyapmiz.

Torres, Gabi, Koke, Saul, De Xea - ular «Atletiko» akademiyasi tarbiyalagan iqtidorlardan ayrimlari, xolos. Tarbiyalanuvchilarimizning ta’lim olishlari, hatto ruhiy tomondan barkamol bo‘lishlariga ahamiyat beryapmiz. Alohida psixologiya departamentimiz bor.

***

- «Atletiko» yoshlarga e’tibor qaratmaganida, hech qachon bugungiday yutuqlarga erisholmasdi. Hozir tarkibimizda to‘p surayotgan futbolchilarni boshqa klublardan xarid qilishning o‘zi bizga qanchaga tushishini tasavvur qilish mushkul.

Albatta, biz transfer bozorida ham faolmiz. Ammo o‘z tarbiyalanuvchilarimizga e’tibor doim 1-o‘rinda. Ko‘rib turganingizdek, harakatlarimiz besamar ketmayapti. Shu bilan birga, Ispaniya tashqarisida ham doimo izlanishdamiz.

HOMIYLAR BILAN MUNOSABAT

- Hamkorlarimizga doim katta hurmat bilan qaraganmiz. Bir necha yillar avval o‘yinchilarimiz «Ozarbayjon - olovlar yeri» deb yozilgan liboslarda maydonga tushishardi. O‘sha kelishuv ikki tomonlama manfaatli bo‘lgandi.

Ozarbayjon davlatini dunyo yanada ko‘proq tanidi, u yerga boruvchi sayyohlar soni oshdi. «Atletiko» bunga yordam bergani esa aniq. Hozir rasmiy hamkorimiz boshqa, lekin avvalgilari bilan aloqalarni ham saqlab qolganmiz.

TARIXGA BO‘LGAN HURMAT

- Bizning shiorlarimizdan biri: «Tarix bu - o‘tmish va kelajak». Biz imkon qadar o‘tmishdagi muvaffaqiyatlarimizni ko‘proq yodga olishga intilamiz. Ammo o‘z-o‘ziga tanqid ruhi ham bo‘lishi kerak.

Masalan, 2000 yili «Atletiko» elitadan «uchib» ketib, 2 yil quyi divizionda qolib ketganida ham muxlislar bizdan yuz o‘girishmadi. Aksincha, stadionga tomoshabinlar tashrifida o‘sish kuzatildi.

***

- Yana bir misol. «Kalderon»ga qadar stadionimiz aynan «Metropolitano» deb nomlangandi. Umuman, «Atletiko»ga azaldan oddiy ishchilar muxlislik qilishgan.

Hatto o‘ta nochorlar ham. Klubimiz tomonidan tayyorlangan ijtimoiy roliklarning birida eski stadion devoriga chiqib olgan ota va bola futbol tomosha qilishayotganida ularni polisiya haydab yuborgani aks etgan. Shunda bola otasiga qu-yidagi so‘zlarni aytib, va’da beradi: «Vaqtiki kelib sizga «Metropolitano» abonementini sovg‘a qilaman».

Oradan yarim asr o‘tgach, o‘g‘il so‘zining uddasidan chiqadi - qariya otasiga yangi stadionga kirish huquqini beruvchi abonement sovg‘a qiladi. Otaning ko‘zlaridan esa sevinch yoshlari oqadi. Balki kimlardir buni mayda-chuyda narsalarga qiyoslar. Amma klubimiz falsafasi aynan ular asosiga qurilgan va bu «Atletiko»ni g‘alabalar sari boshlayapti.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:13, 07.04.2018.
O'qildi: 2992 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.