Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Chempionatlar g‘oliblari mukofot pullarida tafovut qanday?

Chempionatlar g‘oliblari mukofot pullarida tafovut qanday?

Baho:
+ | -

Har qanday musobaqaning nufuzini mukofot jamg‘armasiga qarab osongina aniqlab olish mumkin. Soccer.ru turnirlarning moliyaviy jihatlarini tahlil qilib, ularni o‘zaro taqqoslab ko‘rdi.

Yetakchi beshlikdagi mukofotlar

Moliyaviy jihatdan APL vakillariga havas qilsa arziydi. O‘tgan mavsumda «Chelsi» chempionlik uchun qurt­dek sanab olgan 150 mln. funt undan avvalgi «Lester»ning mukofot pulidan (87,3 mln.) ancha ko‘p. Lekin Angliya­da joriy etilgan tizimga ko‘ra, hatto musobaqada ishlari yurishmay qolgan jamoada ham o‘zini o‘nglab olish imkoniyati mavjud.

Masalan, «Sanderlend» mavsumni oxirgi o‘rinda yakunladi, chempionshipga tushib ketdi. Quyi divizionga g‘aznasini 93,47 mln. funtga boyitgan holda yo‘l oldi. O‘tgan mavsum APL vakillari hammasi bo‘lib 2,39 mlrd. funt daromad olishdi.

E’tiborlisi, musobaqa boshida har bir ishtirokchi 35 mln.ga ega bo‘ldi. Jamoalarning o‘rinlariga ko‘ra yuzaga keladigan farq esa unchalik katta emas.

Mavsumni beshinchi o‘rinda yakunlagan «Arsenal» 139,6 mln. funtga ega bo‘ldi. YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Liverpul» esa 146,1 mln.ga, ya’ni ikkinchi va uchinchi, 12- va 13-o‘rinlar o‘rtasidagi tafovut deyarli yo‘q hisobida. Albatta, 6-7 mln. funt kimlar uchundir ulkan sarmoya. Angliya uchun esa unday emas.

«A» seriyasi mutasaddilari ham mavsum omadsizligida xonavayronlikni chetlab o‘tish imkonini beradigan tizimni yo‘lga qo‘yishgan. Italiyaliklar «parashyut» ko‘mak pullari miqdori 45-60 mln. yevro atrofida. Mablag‘ muayyan jamoaning so‘nggi mavsumlarda necha marta elitaga chiqqaniga qarab belgilanadi.

Liga taraqqiyot masalasida jiddiy muammolarga duch kelayotgan bo‘lsada, chempion «Yuventus» har yili faqat TV huquqlari savdosidan 120 mln. yevro daromad oladi. Eng kam mukofot puli - 30 mln. yevro. Ya’ni Rossiya chempioniga to‘langan mablag‘dan 6 marta ko‘p!

Vaholanki, «A» seriyada futbolchilarning ish haqlari Rossiyadagidan ko‘p emas, ba’zan oz bo‘lgan holatlar ham uchrab turadi. Aynan shuning uchun ham «Yuventus» Iguain uchun pul topishda muammolarga duch kelmaydi. Turin superklubi daromadlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi - 562,7 mln. yevro. Sof foyda esa 42,6 mln. yevroni tashkil etdi.

Davomi>>>

Kiritildi: 11:48, 07.04.2018.
O'qildi: 3870 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.