Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

APL. «MYU» «Siti»ning og‘zidan «chempionlik oshi»ni olib qo‘ydi

APL. «MYU» «Siti»ning og‘zidan «chempionlik oshi»ni olib qo‘ydi

Baho:
+ | -

Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" klubi muddatidan 6 tur avval Angliya chempionligini qo‘lga kiritishi mumkin edi. Ular bunga juda yaqin turishgandi...

Mourinyo boshchiligidagi "MYU" dastlabki 25 daqiqa davomida himoyada ishonchli himoyalanishdi. Aynan shu daqiqada burchakdan yetkazib berilgan uzatmani Vensan Kompani bosh bilan de Xea qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi. Oradan 5 daqiqa o‘tib mezbonlarning yana bir kombinasiyasi samarali yakunlandi. De Xea to‘pni o‘yinga kiritishda muvaffaqiyatsiz harakat qildi. Sterling ikki himoyachi orasida to‘pni o‘tkazib Gyundoganga yetkazdi. Ilkay qolgan futbolchilarni chalg‘itib, darvoza tomon aniq zarba berdi. 2:0.

Tanaffusga qadar hisob yirik ko‘rinishga kelishi mumkin edi. Ammo Rahim Sterling ikki marta birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. Har safar uning zarbalaridan keyin to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi. Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, mana shu vaziyatlardagi gollar "Siti"ga qanchalar zarur edi.

Go‘yoki hammasi hal bo‘lgandi, yana 45 daqiqadan so‘ng "Siti" chempionlikni nishonlashi kerak edi. Ammo ular g‘alabaga muddatidan avval ishonib yuborishdi shekilli, ikkinchi bo‘lim boshida hammasi o‘zgarib ketdi. Pol Pogba ikki daqiqa ichida 2ta gol urib, tezda muvozanatni tiklab qo‘ydi. Dastlab  Sanches chap qanotdan ikki futbolchidan o‘tib ketdi, jarima maydonchasiga uzatma berdi. Matich ko‘kragi bilan to‘pni Pogbaning yo‘liga tashlab berdi. Pol birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi. Keyingi hujumda ham asosiy ishni chililik futbolchi bajarib berdi.  Sanchesning superpasidan keyin fransiyalik futbolchi bosh bilan darvozani ishg‘ol etdi!

Ushbu gollar "Man. Siti"ni ancha dovdiratib qo‘ydi. Ular o‘ziga kelmasidan avval "MYU" yana bir marta raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Aleksis Sanches jarima to‘pini o‘yinga kiritdi va Kris Smolling yaqin masofadan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

So‘nggi daqiqalarda "shaharliklar" hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan pallada Aguero zarba berdi. Darvozaga kirayotgan to‘p yo‘nalishini Sterling o‘zgartirishga qaror qildi va to‘p ustunga tegib qaytdi.

Shu tariqa, "Manchester Yunayted" hamshaharlarining chempionlik quvonchini kamida navbatdagi turga qoldirishga muvaffaq bo‘lishdi. Gvardiola jamoasi esa ketma-ket ikkinchi o‘yinda yutqazmoqda, ketma-ket ikkinchi o‘yinda 3ta gol o‘tkazmoqda.

APL, 33-tur
Manchester Siti – Manchester Yunayted 2:3 (2:0, 0:3)
Gollar: 1:0 – 25 Kompani, 2:0 – 30 Gyundogan, 2:1 – 53 Pogba, 2:2 – 55 Pogba, 2:3 – 69 Smolling.
Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Kompani, Danilo, Sterling, Gyundogan (Aguero, 76), Bernardu Silva (Gabriel Jezus, 72), Silva (de Bryuyne, 72), Sane, Fernandinyo, Delf.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Smolling, Valensiya, Yang, Pogba, Matich, Lingard (Maktomini, 85), Errera (Lindelef, 90), Sanches (Reshford, 82), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Errera (37), Lukaku (45), Sterling (63), Fernandinyo (79), Aguero (79), Pogba (81), Danilo (90), Kompani (90), Gabriel Jezus (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:21, 07.04.2018.
O'qildi: 11218 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.