Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Ro‘ziqul Berdiyev: «Durang haqli bo‘ldi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Durang haqli bo‘ldi»

Baho:
+ | -

“Navbahor” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetgach, har ikki jamoa vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va jamoa darvozaboni Sanjar Quvvatovlar OAV vakillarining savollariga javob qaytarishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: - Bugun uchrashuv kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Har ikki jamoa ham to‘p, maydon va g‘alaba uchun kurashishdi. Aynan shu sababli o‘yin sifat borasida mazmunsizroq chiqqan bo‘lishi mumkin. O‘ylashimcha bahs durangga mos bo‘ldi.

Bu hol g‘alabani hech bir jamoa tomonda bo‘lishiga imkon bermadi. Durang haqli tarzda qayd etildi deb aytgan bo‘lardim. “Navbahor” va “Nasaf” kabi jamoalar hech qachon durang natijadan qoniqish hosil qilmaydi.

Oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadigan jamoalar hech qachon durang kuzatilganida, bundan qanoat hosil qilmaydi. Shunday ekan natijadan qoniqmadim. Bahsda ikki jamoa ham g‘alabaga erishishi mumkin edi.

Masalan, “Navbahor” jamoasining hujumlari chog‘ida to‘p darvoza ustuni va to‘siniga tegib qaytdi. O‘z navbatida jamoamiz qarshi hujumlarda yaxshi harakat qila olmadik. So‘nggi uchrashuvlarda ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘lsakda, imkoniyatlardan samarali foydalana olmayapmiz.

G‘alaba qozonish uchun esa vaziyatlarni golga aylantirish talab etiladi. Gol ura olmayotganligimiz bizning kamchiligimiz sanaladi. Himoyada bexato to‘p surayotgan bo‘lsakda, hujumda sovuqqonlik bilan harakat qilishimiz lozim.

Cheran ma’lum vaqt davomida jarohatini davolashga majbur bo‘ldi. Ayni paytda unda o‘yin amaliyoti kamroq. Bugun uni “Navbahor” muxlislarining bosimiga dosh bera olishi uchun maydonga tushirgandik.

Ikkinchidan namanganliklar standart vaziyatlar juda xavfli raqib sanaladi. Shuning uchun ikkinchi qavatda yaxshiroq o‘ynash maqsadida Draganni tarkibga kiritgandik.

Sanjar Quvvatov: - O‘yin juda qiyin bo‘ldi. Bugun g‘alaba qozonishimiz yoki mag‘lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi. Bosh murabbiy aytganlaridek, o‘yin sifat borasida u qadar yaxshi o‘tmadi.

Maydonda har ikki jamoa keskin kurashga kirishdi. Muxlislar ham jamoalarni yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi.

Fursatdan foydalanib, Qarshidan kelib bizga dalba bo‘lgan ishqibozlarimizga rahmat aytaman.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 00:27, 08.04.2018.
O'qildi: 2925 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик