Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Paxtakor": birinchi o‘yinga 62 yil

"Paxtakor": birinchi o‘yinga 62 yil

Baho:
+ | -1

1956 yil 8 aprel kuni "Paxtakor" o‘zining birinchi rasmiy uchrashuvida maydonga tushgandi.

Dastlabki uchrashuvlarini O‘zbekistonning bosh jamoasi Toshkentning eski shahar qismida joylashgan "Spartak" stadionida o‘tkazgan. Chunki "Paxtakor" stadioni 1956 yilning 11 avgust kuni ishga tushirilgan va o‘sha kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Birinchi rasmiy bellashuv ikkinchi liganing "B" klassi doirasida 1956 yilning 8 aprel kuni o‘tkazilgan. Unda Perm viloyatining Molotov shahri jamoa bilan to‘qnash kelgan "Paxtakor" 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. O‘yin qaydnomasi bilan tanishing:

"Paxtakor" - Perm shahri jamoasi - 1:0 (1:0). "Spartak" stadioni.
"Paxtakor": Volostnov, Azizxo‘jayev, Kozenkov, Vitkalov, Tazetdinov, Muqimov, Kaprov, Maqsudov, Kanunnikov, Murashov, Borkin.
Gol: Maqsudov, 44-pen.

Hozirga kelib "Paxtako" 11 martadan O‘zbekiston chempionatida va Kubogida zafar quchib, mamlakatimizning eng sovrindor jamoasiga aylangan. Jamoa MDH Kubogi va Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli o‘tgan bir necha mavsumlarga ega. Umid qilamizki, oldinda bizni yanda yorqinroq, g‘alabalardan iborat yo‘llar kutib turibdi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 12:10, 08.04.2018.
O'qildi: 2731 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик