Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Prevyu: «Nasaf» - «Lokomotiv»

Prevyu: «Nasaf» - «Lokomotiv»

Baho:
+ | -

Superliganing 6-turidagi “Nasaf” - “Lokomotiv” bahsi, turning markaziy uchrashuvi sanaladi.

Uchrashuv 11 aprel chorshanba kuni “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 20:00da boshlanadi.

O‘zbekiston Superligasi-2018. 6-tur

“Nasaf” (Qarshi) – “Lokomotiv” (Toshkent)

11.04.2018. “Markaziy” stadion. 20:00da

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (Buxoro)

Qanot hakamlari: Husniddin Shodmonov (Buxoro), Aleksandr Burov (Buxoro)

Zaxira hakami:  To‘rabek Suyunov (Guliston)

Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent)

Uchrashuv komissari: Laziz Qo‘chqorov

O‘zaro uchrashuvlar tarixiga oid

Ushbu jamoalar milliy chempionatda 26 marta to‘qnash kelishgan. O‘tgan uchrashuvlarning 13 tasida “ajdarlar” g‘alaba qozongan. 5 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Qolgan 8 uchrashuvda “temiryo‘lchilar”ning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati bo‘yicha  ustunlik “Nasaf” tomonida 37-27.

Bu jamoalar  o‘rtasidagi uchrashuvlarda “Nasaf” – “Lokomotiv” 5:1 (2 marta), “Lokomotiv” – “Nasaf” 5:2 ko‘rinishidagi eng yirik hisoblar qayd etilgan.

“Nasaf” bu  yilgi chempionatda 5ta uchrashuv o‘tkazib, 9 ochko to‘pladi va  turnir jadvalining 3-pog‘onasida bormoqda. “Lokomotiv” jamoasi 5 uchrashuvdan so‘ng 5 ochko to‘plab, turnir jadvalida 9-pog‘onasida bormoqda. Amaldagi mamlakat chempionning bu yilgi chempionatda unchalik omadi chopmayapti.

Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlarga oid

Mazkur jamoalar Qarshida shu paytgacha 13 marta o‘zaro kuch sinashganlar. Bu uchrashuvlarning 9tasida g‘alaba qozongan, 3 uchrashuvda “Lokomotiv”ning qo‘li baland kelgan, qolgan 1 uchrashuvda durangga imzo chekilgan. Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlarda jami darvozalarga 41ta to‘p kiritilgan, to‘plar nisbati - 26-15ni tashkil etmoqda. Demak, to‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik qarshiliklar tomonida.

“Nasaf” o‘tgan yilgi chempionatda “Lokomotiv”ni Qarshida 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Uchrashuvdagi ikki golga ham hujumchi Dragan Cheran mualliflik qilgan. “Lokomotiv” jamoasi esa so‘nggi bor, 2016 yili Qarshidagi uchrashuvda 2:1 hisobida “Nasaf”dan ustun kelgan.

Qarshidagi  so‘nggi besh uchrashuv natijalari

2017 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv”   2:0

2016 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv”   1:2

2015 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv”   1:0

2014 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv”  2:5

2013 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv”   2:1

Uchrashuvga oid yana ma’lumotlar

Bu jamoalarning o‘rtasidagi bo‘lib o‘tgan har bir uchrashuv futbol ishqibozlarida katta qiziqish o‘yg‘otib keladi. Bu safar ham oldindan uchrashuvni shunday o‘tishini taxmin qilsa bo‘ladi.

Bo‘lajak uchrashuv, “Nasaf”ning milliy chempionatdagi 624-uchrashuvi bo‘ladi.

Mazkur jamoalar o‘tgan 5-tur uchrashuvida durangga erishdi. “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 1:1, “Navbahor” – “Nasaf” 0:0. “Ajdarlar” o‘tgan ikki turda durang qayd etishdi. Bu safar “Nasaf” o‘z maydonida uch ochko uchun kurashishi turgan gap. Bu ham o‘yinning keskin bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

“Lokomotiv” jamoasi bu uchrashuvga jiddiy yo‘qotishlar orqali tashrif buyuradi. Jamoaning ikki nafar yetakchi o‘yinchisidiskvalifikasiya tufayli maydonga tusha olmaydi. Bular Ikrom Aliboyev va Rodriges Nivaldolardir.

Mamlakatining  OCHL ishtirokchilari sanalgan mazkur jamoalar, OCHL-2018 guruh bosqichining so‘nggi tur uchrashuvi oldidan tuqnash kelishmoqda. Bu uchrashuvdagi ijobiy natija jamoalarga ruhiy dalda ham beradi. “Nasaf”ning bu uchrashuvda g‘alaba qozonishi uchun yaxshigina imkoniyati bor. Chunki “ajdarlar” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida to‘p tepishadi.

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” - “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 11 aprel chorshanba kuni “Markaziy” stadionda soat 20:00da boshlanadi. Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv esa 10 aprel seshanba kuni Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlari qarorgohi maydonida soat 16:30da boshlanadi.

Barcha futbol ishqibozlarini ushbu qiziqarli uchrashuvga chorlab qolamiz. 

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:36, 10.04.2018.
O'qildi: 4084 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик