Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Kapello uchun Xitoy ham «tor» yoxud italiyalik murabbiy faoliyatiga nazar

Kapello uchun Xitoy ham «tor» yoxud italiyalik murabbiy faoliyatiga nazar

Baho:
+ | -

Rossiya milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello Xitoyning «Jiangsu Sunin» klubida ham uzoq ushlanib qolmadi.

Italiyalik tan olingan mutaxassisga ulkan Chin diyori xuddi bepoyon Rossiya kabi «tor»lik qilgan ko‘rinadi...

Nima yuz berdi?

- Ikki tomon o‘rtasidagi do‘stona muzokara jarayonidan keyin Fabio Kapello bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Janob Kapello endilikda «Jiangsu Sunin» bosh murabbiyi emas. Shunga qaramay, u klubimiz bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Xususan, professional maslahatlar va tavsiyalar berish asnosida jamoamiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishi mumkin. Chunonchi, uningdek tajribali mutaxassisning maslahatlari sezilarli naf keltirishiga ishonamiz. Klub rahbariyati Kapelloga avvalgi mavsumda olib borgan ishi uchun samimiy minnatdorchilik izhor etadi va unga eng yaxshi tilaklarni ravo ko‘radi!

Bu «Jiangsu Sunin» klubi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan rasmiy bayonot mazmuni. Aytish joiz, don Fabio Xitoy klubida chamasi 10 oy ishladi, xolos.

Vaholanki, u Xitoyga 2018 yilning oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnoma asosida borgandi. Bi-roq «Jiangsu» xo‘ja- yinlari rasmiy hamkorlikni muddatidan avval to‘xtatishni lozim topishdi.

Nega shunday bo‘ldi?

Asosiy taxminga ko‘ra, Kapelloning iste’fosiga klubning salbiy natijalari sababdir. Zero, «Jiangsu Sunin» o‘tgan mavsum mahalliy Superligada atigi 12-o‘rin bilan cheklandi.

Yangi chempionatda esa Kapello bosh-qaruvida 3 marta maydonga tushib, ulardan 2tasida imkoniyatni boy berdi. To‘g‘ri, italiyalik mutaxassisning klub menejmenti vakillari bilan mojaroga borgani haqida ham ma’lumot yo‘q emas. Ta’kidlanishicha, jamoa rahbariyatining transfer siyo-sati don Fabioga sira ma’qul kelmagan.

Gap natijadami?

Aslida iste’fo sababi sifatida ko‘rsatilayotgan har ikki variant ham to‘g‘ri. Birinchidan, Kapello bir yilcha oldin chempionatda 2-o‘rinni egallashdan tashqari, Xitoy kubogi finalida o‘ynagan va mamlakat superkubogini yutgan jamoani qabul qilib olgandi. Ha, italiyalik murabbiy «Jiangsu Sunin»da mavsum-2017 davom etayotgan vaqt ish boshladi.

O‘shanda jamoa turnir jadvalining quyi pog‘onalarida borayotgandi. Shunday bo‘lsada, tarkibida Ramires («Chelsi»ning sobiq a’zosi) va Aleks Teysheyra («Shaxtyor»dan sotib olingan) kabi futbolchilari bor klub salohiyati chakki emasdi va rahbariyat Kapellodan ko‘prog‘ini kutgani aniq.

Umuman, «Jiangsu» tarkib nuqtai nazaridan chempionatdagi ko‘plab klublardan ustun. Deylik, Ramires va Teysheyra qatoriga Kamerun terma jamoasining binoyidek hujumchisi Benjamin Mukanjoni ham qo‘shish mumkin. Xon Jon Xo esa JCH-2018ga chiqqan Janubiy Koreya termasi himoyasida katta rol o‘ynaydi.

Qolaversa, Kapello ixtiyorida Xitoy milliy jamoasining bir necha a’zosi bor edi. Shundan kelib chiqib aytsak, tajribali mutaxassis o‘z majburiyatlarini talab darajasida uddalolmagan.

Don Fabioga yulduz assistentlar - Janluka Zambrotta va Kristian Brokki ham yordam berolmadilar. Ularning klubdagi kelajaklari haqida aniq ma’lumot berilgani yo‘q. Lekin ikkisi bosh murabbiy kabi xitoyliklar bilan xayrlashgani ehtimoli katta.

Mojaro bo‘lishi mumkinmi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:42, 15.04.2018.
O'qildi: 3036 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.