Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

FIFA tomonidan o‘zbekistonlik eng faol muxlislarga JCH-2018 chiptalari taqdim etiladi

FIFA tomonidan o‘zbekistonlik eng faol muxlislarga JCH-2018 chiptalari taqdim etiladi

Baho:
+ | -

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol federasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashuv davomida O‘zbekistonda futbolni yangi bosqichga olib chiqish, yosh avlod orasida futbolni yanada ommaviylashtirish, O‘zbekistondagi futbol muxlislariga Jahon futboli yulduzlari ishtirokidagi uchrashuvlarni bevosita stadionlardan tomosha qilish imkoniyatini taqdim etish borasida FIFAning amaliy yordam berishini so‘ragandi.

Shunga asosan FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun shu yilning 14 iyun-15 iyul kunlari Rossiyada bo‘ladigan Jahon chempionati uchun chiptalar taqdim etishga qaror qildi. Endilikda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari yozda bo‘lib o‘tadigan mundial bahslarini bevosita stadionlardan tomosha qilib, Jahon futboli yulduzlari ishtirokidagi bahslardan bahra olishlari mumkin bo‘ladi.

Chiptalar soni cheklangan bo‘lib, faqatgina eng faol futbol muxlislariga taqdim qilinadi. Buning uchun Superliga bahslaridan o‘rin olgan uchrashuvlarga tashrif buyuring, o‘zingizning sevimli jamoangizni bevosita stadiondan turib qo‘llab-quvvatlang va Jahon chempionati o‘yinlari uchun chiptalarni qo‘lga kiriting!

Eng faol muxlislarga Jahon chempionati chiptalari qay tartibda taqdim qilinishi haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 22:35, 15.04.2018.
O'qildi: 5337 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.