Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Yangi murabbiy, antiqa debyut yoxud «Real Madrid» tarixidagi eng muhim uchrashuv haqida

Yangi murabbiy, antiqa debyut yoxud «Real Madrid» tarixidagi eng muhim uchrashuv haqida

Baho:
+ | -

Bundan 13 yil avval Mad­ridning «Real» jamoasi xuddi hozirgidek murakkab vaziyatga tushib qolgan, oqibatda mutasaddilar bosh murabbiyni almashtirishga majbur bo‘lishgandi.

Shu tariqa murabbiylik sohasida kamdan-kam uchraydigan (balki shu paytgacha kuzatilmagan) antiqa debyut yuz berdi.

2005 yil 5 yanvar kuni «Qirollik klubi»ni braziliyalik Vanderley Lushemburgo maydonga olib tushdi. E’tiborlisi, madridliklarning «Real Sosyedad» ustidan g‘alaba qozonishlari uchun yangi bosh murabbiy ixtiyorida atigi olti daqiqa vaqt bor edi.

Gap shundaki, Lushemburgo Madridga kelishidan uch hafta avval «Real» o‘z maydonida sosyedadlik nomdoshini qabul qilgan, ammo 1:1 hisobi qayd etilayotgan bahs 88-daqiqada to‘xtab qolgandi. Boisi kutilmaganda terrorchilar tomonidan stadionga bomba qo‘yilgani haqida xabar tarqagandi.

Shu sababli «Santyago Bernabeu»dagilarni shoshilinch ravishda evakuasiya qilishga to‘g‘ri keldi. 10 daqiqa ichida 70000 kishilik stadion bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoldi, futbolchilar esa stadion tashqarisida qolishdi.

O‘sha xavotirli oqshomda uchrashuvni bosh­qargan Lisandro Lopes ongli ravishda evakuasiya sababini futbolchilarga aytmadi. O‘yinchilar o‘sha zahoti tribunalardagi o‘z yaqinlari tomon oshiqishlari, oqibatida tartibsizliklar yuzaga kelishi aniq edi.

Mamlakat poytaxti, shuningdek, unga nomdosh bo‘lgan «Qirollik klubi» ham terrorchi g‘alamislardan hadiksirab qolishgandi. 2002 yili yuz bergan fitna hali ularning xotiralaridan ko‘tarilib ulgurmagandi.

Polisiya bir necha soat davomida stadionning har bir qarich yerini sinchkovlik bilan tekshirib chiqdi. Lekin bomba asoratlarini topa olishmadi. Xullas, «Santyago Bernabeu»ni portlatish xususidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi.

Uchrashuv asosiy vaqtining tugashiga atigi 2 daqiqa qolgan, hakam to‘rt daqiqa qo‘shib berishni rejalashtirgandi. Mutasaddilar 1:1 hisobidagi durangni qayd etishlari ham mumkin edi. Biroq ular o‘yinni nihoya­siga yetkazib qo‘yishni lozim topishdi.

Shu tariqa olti daqiqalik qarama-qarshilik yuzaga keldi. Yakunda tarixiy debyutga sababchi bo‘lgan o‘sha mikrobellashuvga qadar ishlari umuman yurishmay qolgan, Xose Antonio Kamacho o‘rniga kelgan yangi bosh murabbiy Mariano Garsiya Remon qimmatbaho yulduzlardan ahil jamoani shakllantira olmagandi.

Oqibatda «Qirollik klubi» ichki musobaqada nufuziga mos kelmaydigan beshinchi pog‘onani band etishga majbur bo‘layotgan, yetakchi - «Barselona»dan 13 ochkoga ortda borayotgandi. YECHLning guruh bosqichidan ham jamoa katta qiyinchilik bilan o‘tgandi.

Bunday natijalar «Santyago Bernabeu»ning talabchan muxlislarini ham, qattiqqo‘l Florentino Peresni ham qoniqtirmasdi. Jamoa nafaqat g‘alabalar, balki sermazmun o‘yinni ham batamom unutgandi. 22 dekabr kuni «Sevilya»ga imkoniyat boy berilgach, Remonning «Qirollik klubi»dagi kunlari sanoqli ekanligi oydinlashib qoldi.

Aytishlaricha, «Real»ning braziliyalik o‘yinchilari, ayniqsa, Rojdestvo ta’tili kunlarida o‘z noroziliklarini ochiq-oydin namoyish etishgandi. Ular omadsiz murabbiydan xalos bo‘lish bilan cheklanib qolmasdan, uning o‘rnini egallaydigan vorisni ham o‘zlari belgilashlariga izn so‘rashdi.

Prezident ularning talablarini inobatga olib, ustozlik tizginini Remondan Braziliyaning sobiq murabbiyi Vanderley Lushemburgoga topshirdi. Yangi bosh murabbiyning oldiga jamoaning ichki muhitini sog‘lomlashtirish, samarali va sermazmun o‘yinni yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi.

O‘shanda Roberto Karlos o‘z vatandoshining Madridga chinakam futbolni qaytarishini quvonch bilan e’lon qildi. O‘zining Madriddagi faoliyatini Lushemburgo «Sosyedad»ga qarshi 6 daqiqalik «duel» bilan boshladi. Ana shu qisqa vaqt ichida debyutant mutaxassis «Real» g‘alabasini ta’minlashi talab etilardi.

O‘sha oqshom «Santyago Bernabeu» darvozalari ochib qo‘yildi - stadionga kirish bepul bo‘ldi. Xo‘sh, jamoalar tarkibi bilan tanishib chiqishga yetib-etmaydigan vaqt ichida poyoniga yetadigan bahsga qanday tayyorgarlik ko‘rish mumkin?

Tabiiyki, «Real»dek nomdor jamoa nufuziga yarasha harakat qilmog‘i, dastlabki soniyalardan boshlab ars­londek oldinga tashlanmog‘i shart! Boz ustiga, unga g‘alaba suv va havodek zarur bo‘lgan vaziyatda.

Tan olish kerak, jamoadagi o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlandi. Braziliyalik mutaxassis Maykl Ouenni zaxirada qoldirib, o‘rniga baland bo‘yli Fernando Moryentesni jang­ga tashladi. «Qirollik klubi» shiddat bilan olg‘a intilib, 20 soniya ichida dastlabki xavfli vaziyatni vujudga keltirdi.

Darvozabon qaytargan to‘pni Raul egallab, Moryentesga oshirdi. U esa, o‘z navbatida, Bekxemni hujumga tortdi. Devid to‘pni to‘xtatmasdan Ronaldoga yo‘lladi. Biroq raqib darvozaboni Asyer Riyesgo hushyor turgani bois jamoani muqarrar goldan saqlab qoldi.

O‘yin shiddati final hushtagi yangraguncha pasaymadi. Ana shu pallada muxlislar futbol bellashuvini emas, tennis tomosha qilishdi, go‘yo - «Sosyedad» futbolchilari to‘pni qaytarishdan bo‘shamadilar, madridliklar esa o‘sha zahoti nav­batdagi hujumni uyuushtirardilar.

Nihoyat o‘yinning yarmi, ya’ni 3 daqiqasi ortda qolganida maydon egalarining tirishqoqliklari o‘z samarasini berdi: Gutining olis masofadan yo‘llagan uzatmasi hujumchini darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga olib chiqdi. Uni to‘xtatib qolishga ulgurmagan Mikel Labaka esa qo‘pollik ishlatishdan o‘zga chora topolmadi.

Penaltini amalga oshirish Zayniddin Zidan zimmasiga tushdi. DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 02:02, 17.04.2018.
O'qildi: 19898 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.