Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Superliga. «Buxoro» «superkambek»ni amalga oshirdi

Superliga. «Buxoro» «superkambek»ni amalga oshirdi

Baho:
+2 | -1

O‘zbekiston chempionatining 7-turida muxlislar qiziqarli o‘yin guvohiga aylanishdi. "Buxoro" o‘z maydonida AGMKni qabul qilib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida mehmonlar Bahodirovning goli evaziga hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Vladislav Seytlin buxoroliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. AGMK legioneri Yovan Jokich undan samarali foydalanib, hisobni mustahkamladi.

Ikkita to‘p o‘tkazib yuborishganiga qaramay, Baqoyev shogirdlariga o‘yinga qaytishga muvaffaq bo‘lishdi. Dastlab Ruseskiy bitta javob to‘pini kiritdi. Bahs tugashiga 14 daqiqa qolganida Nasimov bosh bilan raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni tenglashtirdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan olmaliqliklar yarim himoyachisi G‘ulomhaydar G‘ulomov ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. So‘nggi 10 daqiqa esa Arslanmurot Amanovning benefisiga aylandi. Dastlab u chap qanotdan yetkazilgan uzatmani raqib darvozasiga joylab qo‘ygan bo‘lsa, so‘ngra uchrashuv tugashiga 2 daqiqa qolganida jarima zarbasini kuchli zarba bilan golga aylantirdi.

Mazkur g‘alabadan keyin "Buxoro" o‘z ochkolarini 15taga yetkazib, "Paxtakor" bilan 2 va 3-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

Superliga, 7-tur
"BUXORO" - AGMK - 4:2
Gollar: Sergey Ruseskiy (59), Bahodir Nasimov (76), Arslanmurot Amanov (81, 88) — Qahramon Bahodirov (27), Yovan Jokich (55-penalti)

"Buxoro": Asilbek Omonov, Arslonmurod Omonov, Salamat Qutiboyev, Shavkat Salomov, San’at Shixov, Bahodir Nasimov, Artyom Filiposyan, Shavkat Mullajonov, Shahboz Erkinov, Ergash Ismoilov, Sergey Ruseskiy.

AGMK: Pavel Matyash, Abduqahhor Xojiakbarov, Xurshidbek Muxtorov, Zafar Polvonov, Lutfulla To‘rayev, Vladimir Bubanya, Qahramon Bahodirov, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Yovan Jokich, Javlon Guseynov, Otabek Zokirov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:57, 19.04.2018.
O'qildi: 7611 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик