Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Muxlis otgan jism murabbiyning boshini yordi

Muxlis otgan jism murabbiyning boshini yordi

Baho:
+ | -

“Beshiktosh” va “Fenerbahche” o‘rtasida  Turkiya kubogi uchun kechgan yarim final bahsining javob uchrashuvi 57-daqiqada to‘xtaldi. Chunki tomoshabinlar tomonidan otilgan qattiq jismlardan biri “Beshiktosh” murabbiy Shenol Guneshning boshini yordi.

O‘sha zahoti tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, mezbonlar ustozi shifoxonaga yotqizildi. Xabarlarga qaraganda,  murabbiyga shifoxonadan javob berilgan.

“Derbi” maqomiga ega bahsda Shenol Guneshning boshini yorib, janjalning asosiy sabachisiga aylangan muxlis polisiya tomonidan qo‘lga olingan. Bezorining nomi oshkor etilmayapti.

Biroq u tergov jarayonida aybiga iqror bo‘lib, “Qarasam, janjal boshlanish arafasida. Qo‘limdagi toshni zar bilan stadionga otdim. Ammo biror kimsaga jarohat yetkazishini kutmagandim”, dedi.

Istanbul ichki ishlar mudirligi tomonidan aybdorning hujjatlari o‘rganliganida, u avval ham bezoriligi tufayli bir necha bor panjara ortida “mehmon” bo‘lganligi aniqlandi.

Shifoxonadan chiqqan murabbiy Shenol Gunesh esa shunday deydi: “O‘yin odatdagiday  bir kutgan ssenariy ostida kechayotgandi. Shogirdlarim burchak to‘pini kiritishayotganda, Tolgani zaxiraga olish uchun maydon chetiga borib chaqirdim. Keyin nima bo‘lganini eslolmayman. O‘zimga kelganimda maysa ustida yotardim. Bunday muxlislik futbolning tomoshabopligiga zarar bermoqda. Tezroq fanatlarga qarshi biror chora topish kerak. Aks holda maydondan yarador holatda chiqib ketadiganlar soni ortaveradi”.

Aytish mumkinki, “Beshiktosh” va “Fenerbahche” o‘rtasidagi Turkiya kubogi yarim final javob uchrashuviga mehmonlar tomonidan 2 mingdan ziyod muxlis kelgan. Ular o‘yin boshlanmasidan oldin, shahar ichida ham bezoriliklarni amalga oshirishgan. “Beshiktosh” muxlislari ham ulardan qolishmagan. Ular stadionga kelish chog‘ida 3 ta avtobusning oynagini sindirishgani aytilmoqda.

Xullas, bezorilik tufayli to‘xtatilgan o‘yinni qayta o‘tkazish uchun Turkiya futbol federasiyasi katta yig‘ilish o‘tkazdi. Ushbu uchrashuv 25 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yinga har bir muxlis qattiq nazorat ostida kiritilishi ma’lum qilindi.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 16:53, 23.04.2018.
O'qildi: 4099 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.