Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

"Real Madrid" akademiyasi menejerlari Toshkentga tashrif buyuradi

"Real Madrid" akademiyasi menejerlari Toshkentga tashrif buyuradi

Baho:
+ | -1

Xabaringiz bor, 2018 yilning yanvar oyida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol federasiyasi 1-vise prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyaga tashrif buyurib, "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori  Xulio Ronko bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. 

Ushbu uchrashuvda "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida O‘zbekistonda "Real Madrid" klubining futbol maktabini ochish, "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi. 

Shuningdek, Real Madrid Foundation  va O‘FA o‘rtasida imzolangan Real Madrid akademiyasing “Clinics” dasturi doirasida O‘zbekistonda va Ispaniyada bolalar va murabbiylar kursini o‘tkazish bo‘yicha ham hamkorlik kelishuviga erishilgan. 

Ushbu kelishuvga asosan joriy yilning 22 may kuni yurtimizga “Qirollik klubi” akademiyasining menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablolar tashrif buyurishadi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati bilan uchrashuv, matbuot anjumani hamda Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo‘yicha tashkil etilayotgan futbol akademiyasi binolari barpo etiladigan joy bilan tanishuv tadbirlari bo‘lib o‘tadi. 

“Clinics”  dasturi bo‘yicha Toshkentda bolalar murabbiylari uchun o‘quv kurslari iyun oyidan boshlanishini ham ta’kidlab o‘tish kerak.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 10:39, 24.04.2018.
O'qildi: 4172 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик