Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Mourinyo: "Men Salohni sotganim yo‘q, aksincha, uni sotib olganman"

Mourinyo: "Men Salohni sotganim yo‘q, aksincha, uni sotib olganman"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Chelsi" rahbariyati Muhammad Salohni "Roma"ga sotib yuborganini aytdi.

"Men haqimda yana bir adolatsizlik qilishmoida. Odamlar meni Salohni sotib yuborganlikda ayblashmoqda, ammo hammasi aksi bo‘lgandi - men uni sotib olgandim. Men Salohni sotib olish haqida "Chelsi"ga aytgan odamman.

Muhammad "Chelsi"ga kelganida, u bola edi. U jismonan ham ruhan ham tayyor emasdi. Maishiy va madaniy tomonlama u o‘zini yo‘qotilgandek sezar di. Unga ancha qiyin edi. Biz uni ijaraga berishga qaror qildik, buni uning o‘zi so‘ragandi. Saloh yetuk futbolchi bo‘lib yetishish uchun ko‘proq o‘ynashni xohlagandi. Biz uni "Fiorentina"ga yubordik, u yerda u yetuk futbolchiga aylanishni boshladi.

Uni sotishga "Chelsi" qaror qilgan. Salohni sotishni men taklif qilganim haqida gapirgan odam - yolg‘onchi. Uni men sotib olgandim va ijaraga berishga qaror qildim. Chunki shunday qilgan ma’qul di. "Chelsi"da yetuk vingerlar bor edi masalan, Villian va Azar. Ular o‘shanda mutlaqo boshqacha saviyada edilar.

Salohni ijaraga berish fikri - jamoaviy qaror edi. Ammo uni sotib yuborib, o‘rniga boshqa futbolchi sotib olish fikri - meniki emas. Agar shunday qaror chiqargan taqdirimda ham, futbolda hatolarga yo‘l qo‘yib turamiz. Futbolchilar ba’zan shu qadar o‘sishga erishadilarki, buni kutmaysan. Boshqa futbolchilar kutilgan saviyaga chiqa olmaydilar. Shuning uchun, o‘ylaymanki, bu xato edi, bu ishimizni bir qismi.

Men haqiqatan ham Salohni sotib olgandim, sotganim yo‘q, bu ahamiyatsiz. Asosiysi - u fantastik o‘yinchi. Men uning bu darajaga yetganidan haqiqatan xursandman. Ayniqsa, uning hammaga gol urib, ikkita o‘yinda bizga urmaganidan ham", - deydi Mouinyo.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:28, 27.04.2018.
O'qildi: 10332 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик