Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Milliy olimpiya qo‘mitasi o‘tkazgan videoselektorda mas’uliyatsiz rahbar ishdan olindi (foto+video)

Milliy olimpiya qo‘mitasi o‘tkazgan videoselektorda mas’uliyatsiz rahbar ishdan olindi (foto+video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

25 aprel kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov respublika sport federasiyalari, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari mutasaddilari bilan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazib, unda Prezident Shavkat Mirziyov tomonidan imzolangan farmon va qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, bundan keyin bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, rejalar va boshqa masalalarni muhokama qildi.
 
Ma’lumki, bungacha O‘zbekistondagi IBO‘SM va BO‘SMlar faoliyatini yanada isloh qilish, Olimpiya zaxiralari kollejlarida qabul kvotalarini qayta ko‘rib chiqish, iqtidorli sportchilarni saralab olishga alohida e’tibor qaratilishi ma’lum qilingandi. Ammo MOQ rahbari Umid Ahmadjonov bu borada tashkil etilayotgan ishlar hududlarda mutlaqo talabga javob bermayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
 
Shuningdek, Umid Ahmadjonov Olimpiya zaxiralari kollejlarida qancha o‘zgarishlar amalga oshirilganiga qaramay, qabul kvotalari masalasi hozirgacha hal etilmaganligi, sportchilar u yerga qanday qabul qilinishi masalasi hamon ochiq qolayotgani haqida kuyunib gapirdi.

 

Yig‘ilishda sport sohasidagi vaziyat tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi. Mutasaddi hodimlarga ko‘rsatma berildi. Bu borada bajarilgan ishlar yuzasidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Isroilov hisobot berdi. Ishlarni yakunlash uchun unga 3 kun muddat berildi.

  

Respublika sport federasiyalari rahbarlariga 10 kunda viloyatlarda sportni rivojlantirish, uning ommaviyliligini oshirish, ichki musobaqalarning mukammal tizimini ishlab chiqish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi yuklatildi.
 
Yig‘ilishda bundan buyon IBO‘SM va BO‘SM da tahsil olayotgan har bir yosh sportchi haqidagi to‘liq ma’lumotlar, ular qayd etayotgan natijalar yangi tashkil etilayotgan elektron bazaga kiritib borilishi aytildi.  

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari faoliyati Respublika sport rahbariyatini umuman qoniqtirmayapgani aytildi. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Rahmat Tillayevning hisoboti tinglanib, u ishni tashkil etishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani va o‘z vazifasiga mas’uliyatsiz yondoshgani uchun yig‘ilishning o‘zida lavozimidan ozod etildi.

Videoselektorda Andijon, Sirdaryo, Buxoro, Surxondaryo, Samarqand va Namangan viloyatlaridagi ahvol ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Mutasaddi xodimlarga vazifa va ko‘rsmatmalar berildi. Barcha o‘zi uchun tegishli hulosalar chiqarib olishi uqtirildi.
 
Endilikda hokimlik tizimidagi boshqarma va tashkilotlar o‘rtasida “Hokim kubogi” musobaqalari o‘tkazilishi buyurildi. Bellashuvlar mini-futbol, voleybol, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha tashkil qilinishi qo‘shimcha qilindi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov viloyatlar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshliqlariga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Akmalxon Eshonxonov

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 11:51, 27.04.2018.
O'qildi: 5534 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик