Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Cherchesov: "Saloh Misr termasida to‘pni "Liverpul"dagidan bir soniya kechroq qabul qiladi"

Cherchesov: "Saloh Misr termasida to‘pni "Liverpul"dagidan bir soniya kechroq qabul qiladi"

Baho:
+ | -

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov JCH-2018 musobaqasidagi raqibi - Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi.

- Misr termasining yetakchisi Muhammad Salohni ayni paytda deyarli dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi deb atashmoqda.

– Qo‘shilaman. Oxirgi o‘yindan ham ko‘rinib turibdi, hamma narsa qo‘lidan keladi.

– Uning "Liverpul"dagi o‘yinlari haqida fikringiz. Terma jamoasida ham shunday o‘yin ko‘rsata oladimi?

– Faqat ugina emas, uning atrofidagi hamma narsa o‘zgardi. Klopp o‘z jamoasini ikki yil avval qurib bo‘lgan, Salohga qulay bo‘lmoqda. U yaxshi jamoaga tushdi, unga u yer yoqyapti, uni hamma tushunadi, u hammani tushunadi, unga ishonadilar. Koutinyo ketganidan so‘ng Saloh o‘zini haqiqiy yetakchidek his qilyapti. Buning ustiga tezlik, texnika, iqtidor.

– Misr terma jamoasida bunday bo‘lmaydimi?

– Sal boshqacharoq. Misr termasi bosh murabbiyi ktor Kuperning futboli boshqacharoq. Gap Salohning "Liverpul"da himoya ishlaridan ozod qilinishida emas, unga to‘pni qanday tezlikda yetkazishlarida. U Misr termasida to‘pni "Liverpul"dagidan ko‘ra bir soniya kechroq qabul qiladi. Bu soniya ko‘p narsani hal qiladi", - deydi Cherchesov.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:27, 28.04.2018.
O'qildi: 4419 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.