Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

PEPSI Superliga: 10-yubiley turda barchani stadionga chorlab qolamiz!

PEPSI Superliga: 10-yubiley turda barchani stadionga chorlab qolamiz!

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliga 9-tur o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Bugun yana 3ta o‘yin bo‘lib o‘tdi. “Bunyodkor” safarda “Qo‘qon-1912” klubiga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi, “Qizilqum” o‘z maydonida AGMK jamoasini yirik hisobda taslim etdi.

“Nasaf” jamoasi esa mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini Jizzaxda “So‘g‘diyona”dan qabul qilib oldi.

Superliga uchrashuvlari tobora qizg‘in tus olmoqda. 9-turdan o‘rin olgan “Toshkent derbisi” “Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvini bevosita stadiondan 19 100 nafar muxlis kuzati borgani ham ushbu fikrga asos bo‘ladi.

Jamoalar har bir o‘yinda g‘alaba uchun astoyidil kurashishmoqda, bu esa uchrashuvlarni tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyurayotgan muxlislarga ham katta zavq bag‘ishlayapti.

O‘z o‘rnida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Professional futbol ligasi rahbariyati stadionlarga yanada ko‘proq futbol muxlislarini jalb qilish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.

Superliganing 10-turi o‘ziga xos kichik yubiley tur hisoblanadi. Mana shu turda stadionlarda haqiqiy futbol bayrami tashkil qilish, muxlislarga yanada ko‘proq qulayliklar yaratish maqsadida bir qator qiziqarli yangiliklar yo‘lga qo‘yilishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Jumladan, 10-turda o‘yinlar bo‘lib o‘tadigan 6ta stadionning har birida o‘yinni tomosha qilish uchun kelgan muxlislarga Superliga titul homiysi “PEPSI” kompaniyasi tomonidan bepul salqin ichimliklar tarqatiladi.

10-tur o‘yinlari oldidan stadionlarda estradamiz yulduzlari ishtirokida qiziqarli shou-dasturlar namoyish qilinadi.

Shuningdek, stadionlarga oilaviy tashrif buyuradigan muxlislar va jajji bolakaylar uchun bir qator qiziqarli attraksionlar, turli sovrinli o‘yinlar tashkil qilinadi.

Stadionlarda velosiped va roliklar ijarasi yo‘lga qo‘yilib, o‘yin boshlangunga qadar muxlislar ulardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan 10-turning har bir o‘yiniga 2 mingtadan chiptalar bepul muxlislarga tarqatiladi.

Superligaga 10-turidan o‘rin olgan o‘yinlar yakuniga yetganidan so‘ng 6ta stadionning har birida o‘ziga xos lotoreya tashkil qilinadi. Lotoreyada omadi kelgan ikki nafardan muxlisga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan Iphone 8 smartfoni taqdim qilinadi.

Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionlarga kelgan muxlislar shu kuni mazza qilib hordiq chiqarishlari, vaqtlarini chog‘ o‘tkazib, qiziqarli kurashlarga boy chempionat o‘yinlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyuring va o‘zingizni sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlang! Barchani stadionlarga chorlab qolamiz!

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 22:27, 30.04.2018.
O'qildi: 2741 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.