Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL. «Tottenxem» g‘alaba qozondi

APL. «Tottenxem» g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 36-turi doirasida so‘nggi bahs bo‘lib o‘tdi. "Tottenxem" o‘z maydonida "Uotford"ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mezbonlar bahsning 16-daqiqasida Dele Allining goli evaziga hisobni ochishgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Xarri Keyn hisobni mustahkamladi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Tottenxem" o‘z ochkolarini 71taga yetkazib, "Liverpul"ga (72 ochko) deyarli yetib oldi. Londonliklar hisobida bitta zaxira o‘yini borligini inobatga olsak, ular mersisaydliklardan o‘tib ketib, 3-o‘ringa ko‘tarilib olishlari mumkin.

APL, 36-tur
Tottenxem – Uotford 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 16 Alli, 2:0 – 48 Keyn.
Tottenxem – Lyoris, Trippyer, Sanches, Vertongen, Devis, Dayer, Dembele (Vanyama, 63), Eriksen, Alli (Lamela, 82), Son Xeung Min (Sissoko, 74), Keyn.
Uotford – Karnezis, Mariappa, Ketkart, Kabasele, Xolebas, Kapu, Dukure, Femeniya (Deulofeu, 64), Xyuz (Karrilyo, 83), Risharlison, Grey (Dini, 64).
Ogohlantirish: Vanyama (64).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:21, 01.05.2018.
O'qildi: 2862 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик