Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Poytaxtimizda professional boks kechasi oldidan matbuot anjumani va vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi

Poytaxtimizda professional boks kechasi oldidan matbuot anjumani va vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, ertaga Toshkent shahrida professional boks bo‘yicha katta jang oqshomi tashkil qilinadi. Unda o‘zbekistonlik bokschilar Rossiya, Gruziya, Tanzaniya va Indoneziya mamlakatlaridan tashrif buyuradigan charm qo‘lqop ustalariga qarshi ringga ko‘tariladilar. Oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov rossiyalik Dmitriy Chudinovga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jangda g‘alaba qozongan bokschi WBC Silver kamari sohibiga aylandi.

Bugun ushbu boks kechasi oldidan «Radisson» mehmonxonasida matbuot anjumani va rasmiy vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi. Anjumanida bokschilar bilan bir qatorda WBC supervayzerlari, promouterlar, O‘zbekiston professional boks federasiyasi vakillari ham ishtirok etishdi.

«Iliq kutib olishgani uchun O‘zbekiston mamlakatiga minnatdorchilik bildiraman. WBC ilk marotaba O‘zbekistonda mana shunday katta boks oqshomini tashkil qilmoqda. Ertaga ikki ajoyib, kelajagi porloq bokschilar ishtirokida qiziqarli jang tomosha qilamiz. Ularning har ikkisiga ham omad tilaymiz», – dedi WBC supervayzeri Oksana Semenishina.

O‘z navbatida bokschilar ham OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishdi.

-Azizbek, ertangi jangda raqibingizni nechanchi raundda nokaut qilmoqchisiz?

-Bu ring. Jang oldidan men bu raundda raqibimni nokaut qilaman deb aniq ayta olmayman. Ertangi to‘qnashuvda men o‘zimning eng kuchli jangimni ko‘rsatib, g‘alaba qozonmoqchiman.

Huddi shu savol bokschimizning ertangi raqibi Dmitriy Chudinovga ham berildi:

«Bu jangga yetib kelish uchun ancha mehnat qildim. Jang natijasi qanday bo‘lishini ring ko‘rsatib beradi», – deb javob berdi rossiyalik bokschi.

Rossiyalik bokschining promouter Albert Xachaturov O‘zbekiston boks mamlakati ekanligini alohida qayd etib o‘tdi.

«Assalomu alaykum. Men bu mamlakatga begona emasman. Andijon viloyatidan chiqqanman. Ushbu jangdan butun bir mamlakat, o‘zbek boksi yutadi. O‘zbekiston boks mamlakati ekanligi barchaga ma’lum. Ishonchim komilki, yaqin yillar ichida O‘zbekistondan professional boksda jahon chempioni chiqadi. Bunga shubha qilmayman», – dedi promouter.

Matbuot anjumani yakunlanganidan so‘ng bokschilar ishtirokida rasmiy vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, ertangi jangda quyidagi juftliklar ringda o‘zaro to‘qnash keladilar:

Azizbek Abdug‘ofurov – Dmitriy Chudinov (Rossiya)

Qudratillo Abduqahhorov – Tvaxa Kiduku (Tanzaniya)

Jasur Ahmadjonov – Stevi Ongen Ferdinandus (Indoneziya)

Olimjon Nazarov – Xvicha Gigolashvili (Gruziya)

Jamshid Najmiddinov – Kaxa Avetisiani (Gruziya)

Ulug‘bek Sobirov – Jorji Ungiadze (Gruziya)

Anvar Turobov – Roy Muxlis (Indoneziya)

Janglar poytaxtimizdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida o‘tkaziladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 16:56, 04.05.2018.
O'qildi: 3461 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.