Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Italiyada kubok, Angliyada YECHL uchun kurash. Bugungi o‘yinlar haqida

Italiyada kubok, Angliyada YECHL uchun kurash. Bugungi o‘yinlar haqida

Baho:
+ | -

Yevropada milliy chempionatlarda so‘nggi turlar yaqinlashmoqda. Ko‘plab chempionatlarda g‘oliblar nomi aniq bo‘lgan bo‘lsada, yevrokuboklarga, Chempionlar ligasiga beriladigan yo‘llanmalar uchun kurash davom etmoqda. Shuningdek kubok uchun ham kurash davom etayapti. Tribuna.Uz kunning eng muhim o‘yinlari anonsi bilan tanishtiradi.

Chelsi - Haddersfild

Angliyada ham qariyb barcha masalaga oydinlik kiritilgan. «Manchester Siti» allaqachon chempion, «Manchester Yunayted» salkam ikkinchi, «Stok Siti» va «Vest Bromvich» esa ligani tark etishi aniq bo‘lib ulgurdi. Yevropa ligasida ishtirok etadigan ikki jamoa nomi ham ma’lum — «Arsenal» va «Byornli». Faqatgina YECHL uchun ikki yo‘llanma va yana bir quyi liga ishtirokchisi aniqlanishi lozim bo‘ladi. Bugun o‘tgan turlarning qoldirilgan uchrashuvi doirasida aynan mana shu ikki intriganing asosiy ishtirokchilari maydonga tushadi. «Chelsi» YECHL yo‘llanmasi uchun, «Haddersfild» esa ligada jon saqlab qolish uchun harakat qilmoqda.

«Chelsi»da ayni vaqtda 69 ochko mavjud, «Tottenhem»da – 71, «Liverpul» – 72 ochko. Ammo ularda Konte shogirdlaridan bitta o‘yin ko‘proq. Bugun «Chelsi» g‘alaba qozongan taqdirda liverpulliklarga yetib olishi va Pochettino shogirdlarini ortda qoldirib ketishi mumkin. «Haddersfild» esa ligada qolishi uchun so‘nggi ikki o‘yinda hech bo‘lmasa bir ochko to‘plashi kerak bo‘ladi.

Bir necha tur oldin hech kim «Chelsi»ni katta farqni yo‘qqa chiqarib, YECHL uchun kurashni davom ettirishiga ishonmagandi. Ammo bugungi kunga kelib, hammasi jamoaning o‘z qo‘lida qolmoqda. Qolgan ikki uchrashuvdagi g‘alaba Kontening minimum missiyani bajara olishiga yetarli bo‘ladi. APL debyutanti bu turdagi o‘ta motivasiyasi yuqori o‘yindan so‘ng, keyingi turda Arsen Vengerning so‘nggi o‘yinida maydonga tushadigan «Arsenal» bilan o‘ynaydi. Shundan ham vazifa yanada qiyinligini tushunish mumkin.

Faktlar

Shu kungacha ikki jamoa 65 marta maydonga tushgan: 29 o‘yinda «Chelsi», 27 o‘yinda «Haddersfild» g‘alaba qozongan. 9 o‘yinda durang qayd etilgan.
Birinchi davradagi o‘yinda «Chelsi» 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.
«Haddersfild» «Chelsi»ga qarshi so‘nggi olti o‘yindan buyon gol urmoqda.

Yuventus - Milan (23:55)

Foto: Juventus Football Club

Italiyada bugun navbatdagi kubok sohibi aniqlanadi. Yana bir bor chempionlikni nishonlashga juda yaqin turgan «Yuventus» endi Italiya kubogini ham o‘ziniki qilib olishga urinadi. «Milan» esa 2003 yil, o‘sha mashhur Karlo Anchelotti davridan buyon ushbu sovrinni yuta olmay kelayotganini hisobga olsak, mana shu noxush an’anaga barham berishga urinadi. Jamoa mana shu 15 yil davomida faqat bir marta ikki yil oldin finalga chiqqan va o‘shanda ham «Yuventus»ga imkoniyatni boy bergandi.

«Milan» mavsum boshida katta xaridlarni amalga oshirib, o‘z ambisiyalarini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lgandi. Muxlislar jamoadan faqat eng yuqori natijalarni kuta boshlagandi. Ammo hammasi kutilganidek bo‘lib chiqmadi. Jamoa YECHL yo‘llanmasini ham boy berdi. Endilikda mavsumning muvaffaqiyatsiz yakunlanishini oldini olish uchun yagona chora aynan mana shu uchrashuvda g‘alaba qozonish bo‘lib qolmoqda.

«Yuventus» tarkibida diskvalifikasiya qilingan Jorjo Kyellini o‘ynamaydi, ammo ayni vaqtda Benatiya va Barsalining o‘zi «Milan» hujumini qaytarish uchun yetarli bo‘lishi mumkin.

Qiziqarli faktlar

«Yuventus» – nafaqat chempionatning, balki kuboklarning ham eng sovrindor jamoasi sanaladi. «Keksa senyora» hisobida 12 titul bor. «Milan»da bor-yo‘g‘i 5ta.
«Milan» xuddi «Torino» va «Roma» singari Italiya kubogi finalida eng ko‘p — 8 marta mag‘lubiyatga uchragan. So‘nggi marta «rossonerlar» aynan «Yuventus»ga mag‘lub bo‘lishgan.
«Milan» «Yuventus»ga qarshi kubok o‘yinlarida. 12 marta maydonga tushib, birorta ham g‘alaba qozona olmagan. 7 mag‘lubiyat, 5 durang.

Shuningdek, bugun Rossiya kubogida ham final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatli tomoni unda O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Vagiz Galiulin to‘p surayotgan jamoasi quyi liga vakili «Avangard» jamoasiga qarshi bosh sovrin uchun bahs olib boradi. Vagizning faoliyatidagi eng katta sovrinlardan birinchi yutish imkoniyati bor. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

Boshqa o‘yinlar

«Barselona» - «Vilyarreal» (23:00), «Manchester Siti» - «Brayton» (23:55), «Sevilya» - «Real» (00:30)

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 22:01, 09.05.2018.
O'qildi: 3199 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.