Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Aziz G‘aniyevdan Umar Somagacha yoxud Osiyoning eng kuchli futbolchilari reytingi (fotogalereya)

Aziz G‘aniyevdan Umar Somagacha yoxud Osiyoning eng kuchli futbolchilari reytingi (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Ma’lumki Osiyo futbolida taqvim, aniqrog‘i, mavsum starti bir xil emas. Qaysidir chempionat bahorda, boshqasi yozda, yana biri esa kuzda start oladi.

Avvalo, shuni aytish kerakki, bugun e’tiboringizga havola etiladigan reyting Osiyo futboliga qiyosan 2017-2018 yillar mavsumi yakunlari hamda ayni payt qit’a futbolining xalqaro holatiga ko‘ra tuzilgan.

Biz taklif qilayotgan ushbu ro‘yxat hech qanday rasmiy maqomga ega emas, lekin milliy matbuotimizda ilk bor bunga urinib ko‘ryapmiz. Muxlislarimiz reytingni turlicha qabul qilishadi.

Kimgadir ma’qul kelar, kimdir boshqa futboli ishqibozidir. Albatta, biz ham hamyurtlarimiz reytinglarda ko‘p bo‘lishini xohlaymiz, lekin hamma gap chinakam mehnat va sovrinlar yutishda ekanligini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik darkor.

10. AZIZ G‘ANIYEV (O‘zbekiston)

Klubi: «Nasaf»

Yoshi: 20; ampluasi: yarim himoyachi

2018 yil boshida Osiyo futbolida nom qozonganlardan biri aynan Aziz bo‘ldi. Uning o‘ziga xos kuchli zarbasi borligini ko‘plab mutaxassislar ham e’tirof etishyapti.

«Nasaf»ning guruh bosqichidagi dastlabki g‘alabasiga eng katta hissani aynan u qo‘shdi. Bu futbolchimiz yangidan shakllanadigan olimpiya terma jamoamizning yetakchisi bo‘lishga birinchi raqamli da’vogardir.

9. ALIRIZO BEYRANVAND (Eron)

Klubi: «Persepolis»

Yoshi: 25; ampluasi: darvozabon

195 sm. bo‘yga ega Alirizo Beyranvand 2015 yili terma jamoada debyutini nishonlagan. Shundan beri 20 marta bosh jamoaga taklif qilindi. Uni kuchli darvozabonlar safiga bemalol qo‘sha olamiz.

Olti yil Tehronning «Naft» klubi safida mahoratini toblab bordi. 2016 yili «Persepolis»ga o‘tishi Beyranvand uchun faoliyatida tub burilish bo‘ldi. U JCH-2018 saralash o‘yinlarida 9ta bellashuvda umuman gol o‘tkazmadi.

Joriy mavsum aynan shu kiper OCHLda hammadan kam gol o‘tkazib yubordi (3ta). 2017 yili FIFA tomonidan o‘tkazilgan «Yil darvozaboni» sovrinida 9-o‘rinni band etdi.

8. VU LEY (Xitoy)

Klubi: «Shanxay SIPG»

Yoshi: 26; ampluasi: hujumchi

Xitoy chempionatining joriy mavsumida 100-golini urgan Vu Leyning Superligada ishtirok etayotganiga atigi olti yil bo‘ldi, xolos. Chaqqon forvard deyarli har yili to‘purarlik qobiliyatini (eng kamida 12ta gol) namoyon etib kelmoqda.

U terma jamoasining ham asosiy hujumchisi hisoblanadi. Vu Ley bu mavsum 15ta o‘yinda 12ta gol urdi. Bu futbolchining bitta kamchiligi - hamma taktikaga ham moslasha olmaydi.

Uning saviyasi yuqoriligi rost, ammo o‘yin payti jamoadoshlari bilan o‘zaro tushunib to‘p surishi qiyin kechadi, klub murabbiylari bu borada ko‘p ter to‘kishlariga to‘g‘ri keladi.

7. Yu KOBAYASHI (YAponiya)

Klubi: «Kavasaki Frontale»

Yoshi: 30; ampluasi: hujumchi

Yapon futbolchilari ketishni xohlashsa, ko‘pincha bosh-qa qit’a klublarini tanlashadi. Ular hatto Koreya jamoalariga ham o‘tishmaydi. Kobayashi 10 yildirki, faqat «Kavasaki»da to‘p surmoqda. U terma jamoa safida ilk bor 2014 yili maydonga tushgan.

30 yoshli hujumchi Yaponiya chempionatining oxirgi mavsumida jami 38ta gol urdi. Bundan tashqari, so‘nggi ikki mavsumda ramziy jamoadan o‘rin oldi. 2017 yilda «Eng foydali o‘yinchi» va to‘purar maqomiga sazovor bo‘ldi.

6. MEHDI TARIMI (Eron)

Klubi: «Al-Garafa» (Qatar)

Yoshi: 25; ampluasi: hujumchi

Mehdi Eron chempionatining so‘nggi uch mavsumida haqiqiy timsolga aylandi. Ketma-ket ikki mavsum «Yil o‘yinchisi» va «Eng yaxshi to‘purar» nomiga sazovor bo‘lgan futbolchi keyingi klubga o‘tishda shoshildi.

Aftidan, moliyaviy jihatni ustun qo‘ygan ko‘rinadi. Uning eronlik boshqa hujumchilardan farqi shundaki, hujumning istalgan chizig‘ida va yarim himoyada birdek harakat qiladi, o‘yinni va maydonni yaxshi o‘qiy oladi.

5. UMAR ABDULRAHMON (BAA)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 07:22, 11.05.2018.
O'qildi: 24248 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.