Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Ilhom Mo‘minjonov: «O‘zgarishlar o‘z samarasini berdi»

Ilhom Mo‘minjonov: «O‘zgarishlar o‘z samarasini berdi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Navbahor” – “Qizilqum” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng matbuot “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov o‘yin haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Avvalo jamoamiz muxlislarini bugungi qiyin g‘alaba bilan tabriklayman. Shogirdlarim bugun ko‘rsatmalarimni to‘liq ravishda ado etib, tarkibimizdagi asosiy 3 nafar futbolchimizning yo‘qligini bildirishmadi va o‘z irodalarini namoyish etib, g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘rinbosarlar tarkibidan mahalliy futbolchilarni asosiy tarkibga jalb etish borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, yoshlar jamoamizning o‘z murabbiyi bor – Shuhrat aka Qoraboyev.

Biz bu mutaxassisga to‘liq ishonamiz. Shuhrat aka yosh futbolchilarni tarbiyalab, asosiy tarkibga yetkazib bermoqda va yoshlar tarkibidan yangi o‘yinchilar 2-davrada va kelasi yili sekin-asta asosiy tarkibdan joy olishadi, degan umiddaman.

Biz har bir uchrashuvda raqibga va o‘yinning qanday kechishiga qarab, tarkibda o‘zgarishlarni amalga oshiramiz. Jizzaxdagi o‘yinda o‘zgarishlar o‘z samarasini bermagan, aksincha, 14 daqiqa ichida o‘z darvozamizdan 3ta to‘p olib chiqqandik. Bugungi bahsda esa o‘zgarishlar o‘z samarasini berdi.

Hozircha shu tarkib bilan 15-turgacha  o‘ynab turamiz va u yog‘ini vaqt ko‘rsatadi.

Albatta, izlanshda va ishlashda davom etamiz va safardagi kuchli raqiblarga qarshi kechadigan bahslarda ham zafar quchib, muxlislarni xursand etishga intilamiz”, - deydi Ilhom Mo‘minjonov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:09, 13.05.2018.
O'qildi: 2590 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.