Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Umid Ahmadjonov: “O‘zbek futboliga ham Ispaniyaning yo‘lini bersin”

Umid Ahmadjonov: “O‘zbek futboliga ham Ispaniyaning yo‘lini bersin”

Baho:
+ | -

Avvalroq, O‘zbekistonga Madridning “Real” klubi akademiyasi menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablolar tashrif buyurishgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol federasiyasi birinchi-vise prezidenti Umid Ahmadjonov “Real Madrid” akademiyasi menejerlarini qabul qilib, fikrlarini bo‘lishdi.

“Yurtimizga hush kelibsizlar. Sizlarni O‘zbekistonda ko‘rib turganimizdan xursandmiz. “Real” akademiyasida bo‘lib qaytganimizga ham ko‘p bo‘lmadi. U yerda klub akademiyasi prezidenti bilan uchrashdik. O‘zbekistonda “Real” akademiyasi ochilishini eshitib xalqimiz juda xursand bo‘ldi. Xabaringiz bor, ayni paytda La Liga bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz. Ispaniya futboliga butun dunyo havas qiladi. O‘zbek futboliga ham Ispaniyaning yo‘lini bersin deb qolamiz. Hamkorligimiz orqali o‘zbek futbolini yuqori darajaga ko‘tarish umididamiz”, dedi Umid Ahmadjonov.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov “Real” bilan hamkorlik qilish O‘zbekiston uchun qiziq bo‘lishi haqida gapirdi.

“Ispaniya futboli to‘g‘risida nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyoda juda yaxshi bilishadi. O‘zbekistonda ham futbol maktablari bor, endi biz ushbu maktablarni yanada rivojlantirmoqchimiz. Mamlakatimiz rahbari ham bolalar uchun ixtisoslashtirilgan futbol akademiyalarini tashkil qilish borasida oldimizga bir qancha vazifalarni qo‘yganlar. Shuning uchun, bu borada Yevropa mamlakatlari bilan muzokaralar olib boryapmiz. “Real”ning bu boradagi tajribasi biz uchun juda qiziqarli. MOQ va O‘FA rahbariyati tomonidan ham futbolni rivojlantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. O‘ylaymizki, bu ishlar kelajakda albatta o‘z mevasini beradi”, dedi Shoakram Isroilov.

Ertaga ispaniyalik mutaxassislar “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishgandan so‘ng ular ishtirokida soat 11:00 da OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil qilinadi.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 17:42, 22.05.2018.
O'qildi: 3213 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик