Pepsi Superliganing 12-turida «Lokomotiv» o‘z uyida «Qizilqum»ni qabul qilib, kutilmaganda durang o‘ynadi. Mehmonlar Nemanya Yovanovich va Artur Gevorkyan gollari evaziga, hisobda oldinda borishayotgan edi. Ammo Sanjar Shoahmedov raqib darvozasiga to‘p kiritib, so‘ngi daqiqada jamoasini g‘alabadan qutqarib qoldi.
Lokomotiv (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy) - 2:2
Gollar: Husniddin G‘ofurov (36), Sanjar Shoahmedov (90+3) - Nemanya Yovanovich (5), Artur Gevorkyan (40).