Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma
15/01 00:45 Inter - Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya

Umid Ahmadjonov La liga vakillari bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov La liga vakillari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Ispaniya milliy chempionati La liga o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Ana shu kelishuvga asosan La liganing “Osiyo davlatlari bilan aloqalar” bo‘limi boshlig‘i Xais Raxmani va “Musobaqalar va turnirlar tashkil qilish” bo‘limi boshlig‘i Raul Oxedalar yurtimizga tashrif buyurishdi.

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov La liga bo‘lim boshliqlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov ispaniyalik mutaxassislarni yurtimizda ko‘rishdan xursand ekanini ta’kidlar ekan, o‘zbek futboli rivoji yo‘lida Ispaniya tajribasini o‘rganish asosiy maqsad ekanini aytib o‘tdi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun La liga tomonidan yurtimizga mutaxassislarni jalb qilish, ular tomonidan seminarlar tashkil qilish, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi xodimlariga ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amaliy maslahatlar zarurligini aytib o‘tdi.

O‘z o‘rnida La liga bo‘lim boshliqlari o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shishga, mutaxassislarni O‘zbekistonga yuborib, turli seminarlar tashkil qilish va tajribalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Xais Raxmani va Raul Oxedalar O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Professional futbol ligasi vakillari va milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar xodimlari uchun seminar o‘tkazishadi.

Seminarda milliy chempionat o‘yinlarini tashkil qilishda ahamiyat qaratish kerak bo‘lgan jihatlar, marketing masalalari, homiylar bilan ishlash, muxlislarni stadionlarga jalb qilish kabi mavzularda fikr almashilinadi.

 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 13:39, 25.05.2018.
O'qildi: 3090 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.