Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Ilhom Mo‘minjonov: «Taktikani raqibga qarab tanlaymiz»

Ilhom Mo‘minjonov: «Taktikani raqibga qarab tanlaymiz»

Baho:
+ | -

“Navbahor” – AGMK jamoalari o‘rtasidagi keyingi matbuot anjumanining ikkinchi  qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov ishtirok etdi.

Ilhom Mo‘minjonov: - Muhim uchrashuvda g‘alaba qozondik. Futbolchilarimizga o‘zlarini ko‘rsatishgani uchun kattakon rahmat aytaman. Ushbu g‘alabani unutgan holda ishlashda va izlanishda davom etamiz. Oldin ham aytib o‘tganimdek, taktikani raqibga qarab tanlaymiz. Murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan raqib o‘yin uslubini o‘rganib chiqqandik. Shundan kelib chiqqan holda o‘yinimizni tashkil etdik.

Balki “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi bahsda boshqacha taktikada to‘p surarmiz. Bir so‘z bilan aytganda tanlagan taktikamiz o‘z samarasini berdi. Uchrashuv davomida gol urish uchun bir qator imkoniyatlarga ega bo‘lsakda, bitta vaziyatni golga aylantira oldik xolos.

Shu uchrashuvda ayrim futbolchilarimiz jarohat tufayli, Mirzohid G‘ofurov esa sariq kartochkalari soni to‘rttaga yetganligi sababli maydonga tusha olishmadi. Ishonch bildirilgan futbolchilarimiz o‘zlarini ko‘rsatishdi va chiroyli g‘alabaga erishdik. Bu futbol. Aslini olganda joriy yilgi mavsumda Superligada kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Bunga o‘zinglar ham guvoh bo‘lmoqdasizlar.

Misol uchun “Qizilqum” jamoasi oldingi turda “Lokomotiv” maydonida durang o‘ynab bugun Qo‘qonda g‘alaba qozondi. Bir so‘z bilan aytganda qanday natija qayd etilishini oldindan aytib bo‘lmaydi.

Agarda raqib darvozasi oldida yuzaga keltirilgan vaziyatlarning barchasidan foydalana olganimizda yirik hisob qayd etilishi mumkin edi. Mashg‘ulotlar chog‘ida imkoniyatlardan foydalanish borasidagi kamchiliklarimiz ustida ishlaymiz. Qanday holat bo‘lishidan qat’iy nazar tablodagi 1:0 hisobi bizni qoniqtirdi.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:26, 27.05.2018.
O'qildi: 2071 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик