Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ramos Ronalduga tanbeh berdi

Ramos Ronalduga tanbeh berdi

Baho:
+2 | -

"Real" futbolchilari YECHL finalida "Liverpul" mag‘lub etilganidan so‘ng (3:1) Krishtinu Ronaldu aytgan so‘zlardan norozi bo‘ldilar.

O‘yin tugagach, portugaliyalik futbolchi klubni tark etishiga sha’ma qilgan edi: "Menga Madridda hammasi yaxshi bo‘ldi. Yaqin kunlarda hammasini aytaman".

Marca xabariga ko‘ra, "Real" sardori Serxio Ramos bunday gaplarni ommaga ma’lum qilishdan aaval, jamoa ichida aytish kerakligini aytib, tanbeh berdi.

Jamoaning boshqa futbolchilari Ramosga qo‘shildilar va Ronaldu bu so‘zlarni aytish uchun noqulay vaqt tanlaganini bildirdilar.

Ronaldu jamoadoshlariga shunday javob bergan: "Agar gol urganimda, hech narsa demagan bo‘lardim". Ammo keyinroq xatosini tan oldi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 16:29, 27.05.2018.
O'qildi: 23311 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик