UYEFA kelasi mavsumdan boshlab Yevropa chempionlar ligasi mukofot jamg‘armasi qay tariqa taqsimlanishini e’lon qildi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 2 mlrd. yevrodan ko‘proqni tashkil qiladi.
Pley-off bosqichi
Jumladan, 30 million yevro pley-off bosqichi ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanadi. Guruh bosqichi ostonasiga yetib kelib, ammo pley-offdan musobaqani tark etgan jamoa 5 million yevro oladi.
Guruh bosqichi
Guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan har bir jamoa 15,25 mln yevro miqdorida mukofotni kafolatlab qo‘yadi. Bundan tashqari, klublar guruh bosqichida har g‘alaba uchun 2,7 mln yevro, durang uchun 0,9 mln yevro miqdorida qo‘shimcha mablag‘ga ega bo‘lishadi.
Nimchorak final, chorak final va yarim final
Guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tib, nimchorak finalga chiqqan har bir jamoa 9,5 million yevroni qo‘lga kiritadi. Chorak finalga yo‘l olgan jamoalarning qo‘shimcha daromadi 10,5 million yevroni tashkil qiladi. Yarim finalchilar esa yana 12 mln yevroga ega bo‘lishadi.
Finalchilar
Chempionlar ligasida finalgacha yetib kelgan jamoalar o‘z byudjetini 15 mln yevroga boyitadi. G‘olib jamoa esa yana qo‘shimcha 4 mln yevroga ega bo‘ladi.