Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

O‘rtoqlik o‘yini. Urugvayga yirik hisobda yutqazdik

O‘rtoqlik o‘yini. Urugvayga yirik hisobda yutqazdik

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta Janubiy Amerika terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Montevideo shahrida bo‘lib o‘tgan Urugvayga qarshi o‘yinda terma jamoamiz yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Bahsning dastlabki 30 daqiqasini Temur Kapadze shogirdlari juda yaxshi o‘tkazishdi. Futbolchilarimiz to‘pni yaxshi nazorat qilgan holda, raqibga xavfli hujum uyushtirish imkoniyatini berishmadi. Ammo 31-daqiqada maydon markazida to‘pnin yo‘qotilishi natijasida hisob ochildi. To‘pni egallagan Suares birgina uzatma bilan Kavanini yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Edinson Suyunovni aldab o‘tib, 11 metrli nuqta atrofiga uzatma berdi. Luis Suares to‘pni egalladiyu, yonida turgan de Arraskayetaga pas berdi. Jorjian kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limning starti vakillarimiz uchun omadsiz kechdi. Mezbonlarning hujumi paytida to‘p kutilmaganda Rustam Ashurmatovning qo‘liga tegdi. Hakam esa penalti belgilashga qaror qildi. Luis Suaresning zarbasini Eldorbek Suyunov qaytara olmadi.

Mazkur gol o‘yinchilarimizning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi shekilli, jamoamiz to‘pni birinchi bo‘limdagidek nazorat qila olmadi. Boz ustiga, o‘yinning 73-daqiqasida uncha murakkab bo‘lmagan vaziyatda gol o‘tkazib yubordik. Burchakdan yetkazib berilgan to‘pga na Suyunov chiqdi, na himoyachilarimiz Ximenesning bosh bilan zarba berishiga xalal berishdi — 3:0.

Uchrashuv tugashiga 11 daqiqa qolganida Akrom Komilov raqibga nisbatan qo‘pol harakat qilgani bois maydondan chetlatildi. Shu tariqa, Jahon chempionatiga yo‘l olayotgan Urugvay maydonida yirik hisobda yutqazdik.

O‘rtoqlik o‘yini
URUGVAY – O‘ZBEKISTON - 3:0
8 iyun, 04.00, «Sentenario» stadioni
Gollar: Jorjian de Arraskayeta (32), Luis Suares (53-penalti), Ximenes (73)
Urugvay: Fernando Muslera, Maksimiliano Pereyra, Diyego Godin (S), Xose Mariya Ximenes, Martin Kasares, Naxitan Nendes, Rodrigo Bentankur, Matias Vesino, Jorjian de Arraskayeta, Luis Suares, Edinson Kavani
O‘zbekiston: Eldorbek Suyunov, Shuhrat Muhammadiyev (Abbos Otaxonov 59), Sherzod A’zamov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Azizjon G‘aniyev (Ikrom Aliboyev 73), Odil Hamrobekov (Xurshid G‘iyosov 73), Javohir Siddiqov (San’at Shixov 81), Aziz Turg‘unboyev (Jasur Yaxshiboyev 59), Jaloliddin Masharipov, Zabihillo O‘rinboyev (Bobur Abduxoliqov 46)
Chetlatish: Akrom Komilov (79)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:05, 08.06.2018.
O'qildi: 12199 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.