Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

Rafael Nadal “Rolan Garros”ning 11 karra g‘olibiga aylandi

Rafael Nadal “Rolan Garros”ning 11 karra g‘olibiga aylandi

Baho:
+ | -

Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Fransiya ochiq chempionati – “Rolan Garros”da navbatdagi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ayni vaqtda jahon reytingining eng yuqori pog‘onasini egallayotgan Nadal musobaqa finalida 8-raqamli tennischi Dominik Timni 6:4, 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etib, ushbu nufuzli musobaqaning 11 karra g‘olibiga aylandi.

Nadal, shuningdek, “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi musobaqalarning 17 karra g‘olibi bo‘ldi. Undan bu borada 20 ta unvonga ega shveysariyalik Rojer Federergina oldinda. “Rolan Garros”dagi g‘oliblik bo‘yicha esa hozircha “tuproqli kortlar qiroli” Nadalning oldiga tushadigani yo‘q.

Ayollar o‘rtasida ushbu musobaqada jahonning birinchi raqamli ayol tennischisi, ruminiyalik Simona Xalep g‘olib bo‘ldi. Bu uning “Katta dubulg‘a” musobaqalarida qo‘lga kiritgan ilk unvoni bo‘ldi.

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 21:28, 10.06.2018.
O'qildi: 3879 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.