Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Umid Ahmadjonov va futbol afsonalari ramziy ma’noda jahon chempionatini boshlab berishdi

Umid Ahmadjonov va futbol afsonalari ramziy ma’noda jahon chempionatini boshlab berishdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ikki kundan so‘ng Rossiyada to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqalaridan biri, futbol bo‘yicha jahon chempionati start oladi. Shu munosabat bilan ko‘zga ko‘ringan futbol amaldorlari, yulduzlar, murabbiylar, umuman futbol sohasining mashhur kishilari ayni paytda Moskva shahrida jam bo‘lishgan.

Bugun ana shu fursatdan foydalanib, FIFA Prezidenti Janni Infantino tashabbusi bilan konfederasiyalar o‘rtasida o‘ziga xos o‘rtoqlik turniri tashkil qilindi. Unda FIFAga a’zo barcha Konfederasiyalar vakillari, jumladan UEFA, CONCACAF, AFC, OFC, CAF, CONMEBOL, hamda JCH tashkiliy qo‘mitasi vakillari ishtirok etishdi. Musobaqada dunyo futboli yulduzlari, jumladan uch karra «Oltin to‘p» sohibi Marko van Basten, Portugaliya futboli afsonasi Luish Figu, sobiq referi Pyerluiji Kollina kabi mashhurlarni ham uchratish mumkin edi. Tabiiyki, ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo futbol konfederasiyasi tarkibida yuqorida sanab o‘tilgan futbol yulduzlariga qarshi maydonda to‘p surdi. SSKA stadionida tashkil etilgan musobaqa do‘stona ruxda, ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Turnir katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi. Uchrashuv yakunlangach, Umid Ahmadjonov futbol yulduzlari bilan esdalik uchun suratga tushdi.

Mazkur turnir davomida MOQ rahbari JCH-2018 tashkiliy qo‘mitasi rahbari, Rossiya Federasiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich bilan ham uchrashdi. Fursatdan foydalanib jahon chempionatiga olib borilgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi, o‘zaro fikr almashdi. Albatta, mana shunday do‘stona, samimiy uchrashuvlar xalqaro aloqalarni mustahkamlashda, hamkorliklarni rivojlantirishda va albatta kuchli terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2018 bahslari 14 iyun kuni Moskvadagi «Lujniki» stadionida boshlanadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:19, 12.06.2018.
O'qildi: 4991 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик