Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

May oyining eng yaxshi futbolchisi – Sardor Sobirxo‘jayev

May oyining eng yaxshi futbolchisi – Sardor Sobirxo‘jayev

Baho:
+ | -

Professional futbol ligasi hamda Championat.asia nashri hamkorligida o‘tayotgan oyning eng yaxshilarini aniqlash so‘rovnomasi navbatdagi g‘olib nomi ham aniqlandi.

Bunga qadar “Navbahor” posboni Botirali Ergashev may oyining eng yaxshi darvozaboni deb e’tirof etilgan edi. “Buxoro” a’zosi Arslonmurod Omonovning “Lokomotiv” darvozasiga urgan goli esa ovoz berish yakunlariga ko‘ra eng chiroyli deb topilgan edi. Shuningdek, “Bunyodkor” klubi ustozi Mirjalol Qosimov murabbiylar ichida may oyida tengsiz bo‘lgani aniqlashgan edi.

May oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida topshiriladigan esdalik sovrinlaridan yana biri “Bunyodkor” vakiliga yo‘l oladigan bo‘ldi. “Qaldirg‘ochlar” yetakchilaridan biri – Sardor Sobirxo‘jayev ovoz berish natijalariga ko‘ra oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Mahoratli futbolchi so‘rovnomada jami 32 ochko jamg‘ardi va “Paxtakor” a’zosi Tiago Bezerrani 2 ochkoga ortda qoldirgan holda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Sardor Sobirxo‘jayevni murabbiy va sardorlarning 8 nafari birinchi o‘ringa loyiq topishdi. 3 nafar ovoz beruvchi uni ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rgan bo‘lsa, yana 2 nafari Sobirxo‘jayevni uchinchi pog‘onaga joylashtirgan.

Tiago Bezerrani bo‘lsa ovoz beruvchilarning 4 nafari birinchi o‘ringa joylashtirgan. 6 nafari esa ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rgan. Yana 4 nafari “Paxtakor” a’zosini uchinchi sifatida ko‘rsatgan. Shuningdek, muxlislar ovoz berishi natijasiga ko‘ra Bezerra yana 2 ochko ishlab oldi.

Kuchli uchlikni “Buxoro” jamoasi sardori Shavkat Salomov yakunlab berdi. Tajribali futbolchi so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra jami 26 ochko jamg‘arishga erishdi. Muxlislar Salomovni ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rishgan edi.

Diqqatga sazovor jihati shundan iboratki, muxlislar ovozlari natijasiga ko‘ra, “Navbahor” o‘yinchisi A’zam Aliyev eng ko‘p ovoz olgan edi. Lekin Superliga jamoalari va sardorlaridan faqatgina 3 nafari Aliyevni birinchi o‘ringa, yana 1 nafari ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rishgan. Natijada A’zam Aliyev umumiy hisobda 17 ochko to‘pladi xolos. 

Shu tariqa, mart oyida Azizbek Turg‘unboyev, aprelda Arslonmurod Omonovdan so‘ng may oyida Sardor Sobirxo‘jayev eng yaxshi futbolchi deya e’tirof etildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:08, 12.06.2018.
O'qildi: 2566 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик