Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Umid Ahmadjonov: «O‘zbekiston futbol assosiasiyasi do‘stlikka chorlovchi loyihalarni qo‘llab quvvatlashda davom etadi»

Umid Ahmadjonov: «O‘zbekiston futbol assosiasiyasi do‘stlikka chorlovchi loyihalarni qo‘llab quvvatlashda davom etadi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Futbol do‘stlik uchun” ijtimoiy loyihasining 6-mavsumiga start berilgani va 9 iyun kuni Moskvadagi “Spartak” klubi akademiyasi maydonida mazkur loyihaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Bu yil ijtimoiy loyihada dunyoning 211 ta mamlakatidan 1500 nafarga yaqin bolalar, milliy assosiasiya delegatlari va jurnalistlar ishtirok etishmoqda.

O‘zbekistondan mazkur loyihada yosh darvozabon Muslim Abdumannopov va yosh jurnalist Mardon Marupov ishtirok etyapti. Kecha kun davomida loyihaning final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bugun, 14 iyun kuni esa barcha mamlakat a’zolari ishtirokida “Moskvarium” saroyida katta forum bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni “Gazprom” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Viktor Zubkov ochib berdi. Shundan keyin Ispaniya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi sobiq posboni Iker Kasilyas so‘zga chiqdi. U o‘z nutqida loyihaning ahamiyati, futbol orqali do‘stlar orttirish va birlashish muhimligini ta’kidladi.

Forum davomida musobaqa g‘oliblari, turli nominasiyalarda eng yaxshi yosh futbolchilar va eng yaxshi yosh jurnalistlar taqdirlandi. G‘oliblarga sovg‘alarni Rossiya terma jamoasining eng yaxshi o‘yinchilaridan biri hisoblangan Aleksandr Kerjakov va boshqa sport yulduzlari topshirishdi. Tadbir yakunida turli shou-dasturlar o‘tkazildi va qo‘shiqlar kuylandi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – butun dunyodagi yosh avlod o‘rtasida do‘stlik, tinchlik, turli millat va madaniyat vakillariga hurmat kabi yuksak insoniy tushunchalarni targ‘ib qilishdan iborat.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ham bu kabi loyihalarni hamisha qo‘llab-quvvatlashga va ularda faol ishtirok etishga tayyor.

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasi butun dunyodagi bolalarni futbol atrofida do‘stlashishga undagan ajoyib loyiha hisoblanadi. O‘zbekiston vakillari mazkur loyihada ikkinchi bor qatnashishiga qaramay, ancha faol tarzda tadbirlarda ishtirok etishdi. O‘zbekiston futbol assosiasisi bundan keyin ham do‘stlikka, birdamlikka chorlovchi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi, futbolni ommalashishiga, o‘zaro hurmatni oshishiga olib keluvchi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi” , - deydi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 01:46, 14.06.2018.
O'qildi: 3034 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик