Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Moskvadan qaytib kelgan Umid Ahmadjonov Qo‘qondagi yangi futbol maktabining ochilish marosimida ishtirok etdi

Moskvadan qaytib kelgan Umid Ahmadjonov Qo‘qondagi yangi futbol maktabining ochilish marosimida ishtirok etdi

Baho:
+ | -

Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Rossiyadagi jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etib, kecha tunda yurtimizga qaytib kelgandi. Bugun esa u Qo‘qon shahridagi yangi “JFL-Qo‘qon” futbol maktabining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Haqiqiy bayramga aylanib ketgan ushbu marosimda Umid Ahmadjonovdan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov, o‘zbek futboli afsonasi, bugungi kunda «Bunyodkor» klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Mirjalol Qosimov, shuningdek, bir qator futbolimiz yulduzlari, yosh futbolchilar, ularning yaqinlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

MOQ rahbari so‘zga chiqar ekan, ushbu futbol maktabi tarbiyalanuvchilari kelajakda jahonning ko‘zga ko‘ringan klublarida o‘ynashiga tilakdosh ekanligini ma’lum qildi.

«Ishonch bilan aytishim mumkinki, futbolimiz kelajagi shu yoshlarimiz qo‘lida. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahnamoliklarida sportimizda, xususan, futbolimizda juda katta o‘zgarishlar yuz beryapti. Buning samarasi o‘laroq futbolchilar ham ozgina uyg‘ongandek bo‘ldi. Biroq bu hali hammasi emas. Hali ham ayrim futbol uchrashuvlarini yurak hovuchlab kuzatamiz. Ayni paytda oramizda Yevropaning kuchli beshlik milliy chempionatlarida to‘p surayotgan hech kim yo‘q.

Mana bu bolakaylar esa yaqin kelajakda shu kamchiliklarni to‘ldiradi. Ular bilan biz Jahon chempionatlariga muntazam boramiz deb umid qilaman. Va albatta shu bolachalar o‘sha mashhur Yevropa klublarida to‘p tepishadi. Mana hozir ham ular «Real», «Barselona», «Yuventus» bo‘lib bo‘linib olishgan. Bu bejizga emas. Bularning hammasi yaxshi niyat. Umid qilamanki, kelajakda bu orzularimiz reallik kasb etadi va yigitlarimizni o‘sha mashhur klublarda ko‘ramiz. Biror bir futbolchi chindan ham «Real» yoki «Barselona» safida o‘ynab ketsa, ularning ota-onasini olib, o‘yinlarini ko‘rishga birga boramiz», – dedi Umid Ahmadjonov.

Ochilish marosimi davomida Umid Ahmadjonov futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi nomidan esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Ma’lumot uchun, «Ahmadxon» sport majmuasi qoshidagi “JFL-Qo‘qon” futbol maktabida kelajagimiz egalari sportning ushbu turi bilan shug‘ullanishlari uchun jahon standartlariga mos ravishda sharoitlar muhayyo qilingan. Bu maktabga qabul qilingan bolalar futbol sir-asrorlarini maxsus lisenziyaga ega bo‘lgan murabbiylardan o‘rganadilar. Maktab tarbiyalanuvchilari futboldan tashqari suzish mashg‘ulotlari hamda ingliz tili darslarida ham ishtirok etadilar. O‘qish va mashg‘ulot o‘tkazishlari uchun sport anjomlari, ochiq hamda yopiq turdagi maydonlar qurib bitkazilgan. Shuningdek, futbol maydonlaridan tashqari sportning boshqa turlari bilan shug‘ullanish uchun ikkita zamonaviy sport zali, trenjyorlar zali, basseyn va sauna ham mavjud. Maktabga qabul qilingan bolalar sport kiyimlari bilan ham ta’minlanadilar.

“JFL-Qo‘qon”ga 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar shifokor ma’lumotnomasi asosida qabul qilinadi. Mashg‘ulotlar ikki mahal – ertalab va kechki payt o‘tkaziladi. Bu esa o‘quvchilarni o‘z vaqtida maktablariga borib dars olishlariga imkon beradi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 21:21, 16.06.2018.
O'qildi: 3439 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.