Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

PEPSI Superligasi: Transferlar olamida nima gap?

PEPSI Superligasi: Transferlar olamida nima gap?

Baho:
+ | -1

Kecha O‘zbekiston chempionatida rasman transfer oynasi ochildi. Ayni damda bir qator klublar transfer bozorida faol ishtirok eta boshlashdi.

Xususan, davralar oralig‘ida yuzaga kelgan transfer oynasidan AGMK ham unumli foydalanishga harakat qilmoqda. Jamoa rahbariyati bugun bir qator futbolchilar bilan kelishuvga erishdi.

Mavsumni Qarshining «Nasaf» jamoasida o‘tkazgan taniqli yarim himoyachi Jasur Hasanov AGMK a’zosiga aylandi. Shuningdek, olmaliqlik muxlislarga qadrli bo‘lgan, AGMK sharafini elitada eng ko‘p o‘yinda himoya etgan Zohir Pirimov ham faoliyatini yana jonajon jamoasida davom ettiradi. Pirimov bu yilgi mavsumni Namanganning «Navbahor» jamoasida boshlagandi.

Jamoa tarkibiga yana ikki futbolchi Alisher Samatov va Azamat Isroilov ham taklif etilgan. Tomonlar o‘rtasida kelishuv amalga oshsa ular ham jamoamiz sharafini himoya etishlari mumkin. Samatov Farg‘onaning «Neftchi» jamoasida to‘p surib kelayotgandi. Isroilov esa Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi a’zosi edi. Azamat ham Zohir kabi bundan bir necha yil avval "Neftchi" a’zosi bo‘lgan.

Jamoa tarkibini kuchaytirish ishlari transferlar oynasi yopilgunga qadar davom ettiriladi.

* * *

Ma’lumotlarga qaraganda, «Paxtakor»da zahira o‘rindig‘ida qolib ketgan Kamoliddin Tojiyev jamoasini o‘zgartirish payida. Futbolchiga «Metallurg» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ayni damda bekobodliklar safida “Paxtakor”ning ko‘plab futbolchilari to‘p surishmoqda.

* * *

AGMKni tark etgan Vadim Chemirtan yana sobiq jamoasi “Buxoro”ga qaytishi mumkin. Ulug‘bek Baqoyev moldavalik hujumchiga qiziqmoqda. Chemirtan aynan Buxorodagi o‘yinlari orqali o‘zbekistonlik muxlislar mehrini qozongandi.

* * *

«So‘g‘diyona» klubini tark etgan jamoa sardori Akmal Xolmurodov yana sobiq klubi “Dinamo”ga qaytishi mumkin. Davron Fayziyev futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Samarqandliklar ham transfer paytida tarkibni kuchaytirish uchun seleksiya ishlariga zo‘r berishgan.

* * *

Kunning eng shov-shuvli transferi chempionat peshqadami tomonidan amalga oshirildi. Toshkentning «Paxtakor» jamoasi uzoq muzokaralardan so‘ng, «Nasaf» hujumchisi Dragan Cheran bilan kelishuvga erishdi. Futbolchi endi Toshkent klubida to‘p suradi.

Manba: oltinvodiy.uz
Kiritildi: 14:31, 19.06.2018.
O'qildi: 11906 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.