Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Umid Ahmadjonov boshchiligidagi ishchi guruh Qarshidagi sport inshootlari va yangi loyihalar bilan tanishdi

Umid Ahmadjonov boshchiligidagi ishchi guruh Qarshidagi sport inshootlari va yangi loyihalar bilan tanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Umid Ahmadjonov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Ishchi guruh tashrifni Qarshi shahridagi “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi va 1-son asab-ruhiy kasalliklar dispanseridan boshlagani haqida ham ma’lum qilib o‘tdik.

Sir emaski, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Respublikamizdagi barcha Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, isloh qilishga katta ahamiyat qaratmoqda. Unga ko‘ra, ushbu o‘quv dargohlarida qabul kvotalaridan tortib, sportchilarning ovqatlanish rasioniga qadar alohida e’tibor qaratiladi.

Reja bo‘yicha, Olimpiya zaxiralari kollejlari terma jamoalarimizning asosiy bazasi bo‘lib xizmat qilishi lozim. Umid Ahmadjonov boshchiligidagi delegasiyaning navbatdagi tashrifi ham aynan Qarshi ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab internatiga bo‘ldi. U yerda MOQ rahbari berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi. Kollejda sportchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, mashg‘ulotlar, o‘quv jarayonlari ko‘zdan kechirildi. So‘ngra MOQ rahbari qashqadaryolik paralimpiya sportchilari bilan uchrashdi. Ular bilan muloqot qildi va dardu-tashvishlarini tingladi. Paralimpiyachilarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlarni yanada yaxshilash lozimligi, bunga alohida e’tibor qaratish zarurligi haqida gapirdi.

Shuningdek, maktab hududida yangi qurib bitkazilgan suv havzasidagi sharoitlar, qurilayotgan inshootlar bilan tanishildi. Yuzaga kelgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Umid Ahmadjonov mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalarni berdi.

So‘ngra MOQ rahbari “Nasaf” jamoasining uy arenasi hisoblangan "Markaziy" stadioniga tashrif buyurib, u yerda kechayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari, shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng ishchi guruh sobiq "Mehnat" o‘yingohi o‘rnida qurilayotgan sport majmuasi hamda ko‘ptarmoqli suzish havzasiga ham tashrif buyurdi va qurilish loyihasini ko‘zdan kechirdi.

Umid Ahmadjonov majmua qurilishi loyihasini ko‘zdan kechirar ekan, inshoot bu yerga tashrif buyuruvchilar talabiga javob bera olishi lozimligi, eng zamonaviy xalqaro standartlar asosida bunyod etilishi lozimligi haqida gapirdi. MOQ rahbarining Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari davom etadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:42, 30.06.2018.
O'qildi: 1949 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.