Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Akademik eshkak eshish. Osiyo chempionati muvaffaqiyatli yakunlandi

Akademik eshkak eshish. Osiyo chempionati muvaffaqiyatli yakunlandi

Baho:
+ | -

Xabar berib o‘tganimizdek, Janubiy Koreyaning Chungju shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati va kattalar o‘rtasida Osiyo Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha o‘tkazilgan bahslarda hamyurtlarimiz 4ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medallarini qo‘lga kiritganliklari haqida xabar berib o‘tgandik.

Musobaqaning bugungi kuni ham sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.

O‘smirlar musobaqasining JM4 yo‘nalishida startga chiqqan o‘zbekistonlik sportchilar (Evgeniy Agafonov, Davrjon Davronov, Toir Tolibov, Shuxrat Shodiyev) marraga birinchi bo‘lib yetib borishdi va oltin medalni qo‘lga kiritishdi. JM4x yo‘nalishidagi bahslarda qatnashgan ekipajimiz (Jasur Turg‘unov, Sultonali Abduvaliyev, Dilmurod Ismatullayev, Azizbek Narzimurodov) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarning M8+ yo‘nalishida ham oltin medal o‘zbekistonlik sportchilar (Zafar Usmonov, Shohjahon Najmiyev, Islambek Mambetnazarov, Shexroz Xakimov, Alisher Yarov, Anatoliy Krasnov, Otamurod Rahimov, Dostonjon Baxriyev, Dostonjon Xursanov) ga nasib qildi. Yana bir oltin medal M4X bellashuvlarida terma jamoamiz (SHaxboz Abdujabborov, Abdullo Muxammadiyev, O‘ktamjon Davronov, Farrux Astanov) hisobiga yozildi. E’tiborlisi, ushbu yo‘nalishda kumush medal ham o‘zbekistonlik sportchilar (SHaxboz Xolmurzayev, Bekzod Xolmirzayev, Abubakir Uzoqbayev, Jasur Mavlonov)ga nasib qildi. LM1x yo‘nalishida qatnashgan Jasur Mavlonov ham terma jamoamiz hisobiga bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Shu tariqa, sportchilarimiz Osiyo chempionatida umumiy hisobda 7ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan sportchi va murabbiylarimizni tabriklab qoladi va yaqinlashib kelayotgan Osiyo o‘yinlarida ham bundan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatlarni kutadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:36, 30.06.2018.
O'qildi: 2508 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.