Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

JCH-2018. Dramatik o‘yinda Yaponiya g‘alabani qo‘ldan chiqardi

JCH-2018. Dramatik o‘yinda Yaponiya g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+1 | -

Jahon chempionatida nimchorak final bosqichidagi eng shiddatli o‘yin bo‘lib o‘tdi. Belgiya va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda yevropaliklarning osongina g‘alaba qozonishi kutilgandi. Ammo kunchiqar yurt vakillari kuchli raqibni ancha qiynab qo‘yishdi...

Yaponlar ancha tartibli o‘yin namoyish qilishdi. Ular kerak paytda himoyalanishdi, zarur bo‘lganda to‘pni nazorat qilishdi, imkon bo‘lishi bilan hujumlar tashkil qilishdi. Birinchi bo‘limda xavfli vaziyatlar yaratish bo‘yicha kichik ustunlik Belgiya tomonida bo‘ldi, ammo tanaffusga qadar darvoza daxlsizligi saqlanib qoldi.

Qit’adoshlarimiz ikkinchi bo‘limni juda kuchli boshlashdi. Bahsning 49-daqiqasida Xaraguchi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, aniq zarba bilan Kurtuani dog‘da qoldirdi.

Oradan 2 daqiqa o‘tib yevropaliklar hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Mertensning uzatmasiga Azar darvozagacha 12-13 metrlardan zarba berdi. To‘p esa ustunga tegib qaytdi. Oradan yana 2 daqiqa o‘tib "samuraylar" ikkinchi golni urishdi. Takashi Inui jarima maydonchasi tashqarsidan shunday zarba berdiki, Tibo Kurtua to‘pga qanchalik tashlanmasin, uni qaytara olmadi.

Mazkur o‘yinda voqealarning bunday rivojlanishini hech kim kutmagandi. Belgiyaliklar birinchi javobini to‘pini kiritishlari omad ham rol o‘ynadi. Yaponiya raqibning hujumini bartaraf etgandek ko‘ringandi, ammo Vertongen o‘tkir burchak ostida bosh bilan uzatma-zarba berdi. To‘p esa darvozabonning ustidan oshib o‘tib, to‘sinni silagancha to‘rga borib tushdi.

Oradan 4 daqiqa o‘tib hisob tenglashdi. Azar chap qanotdan to‘pni yuqoridan yetkazdi, Fellayni bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi — 2:2.

O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganida Yaponiya posboni Kavasima bir vaziyatda ikki marta seyv namoyish qilib, muqarrar goldan jamoasini qutqarib qoldi. O‘yinga qo‘shib berilgan 4 daqiqa ichida yaponiyaliklar ikkita xavfli vaziyat yaratishdi. Har ikkala safar Kurtua ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.

Yaponiya burchak zarbasini amalga oshirgan paytda esa Kurtua to‘pni egalladiyu, jamoasining qarshi hujumiga asos soldi. Mazkur hujumda son jihatdan ko‘pchilikni yuzaga keltirgan belgiyaliklar g‘alaba to‘pini kiritishdi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Lukaku o‘tkazib yubordi, Shodli esa bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi!

O‘yin davomida ikkita to‘p bilan oldinda borgan "samuraylar" shok holatga tushib qolishdi. Ular bunga munosib emasdilar, ular eng kamida qo‘shimcha bo‘limlarda o‘ynashga haqli emasdilar. Ammo bu futbol...

Belgiya terma jamoasi chorak finalda Braziliyaga qarshi maydonga chiqadi.

JCH-2018. Nimchorak final
Belgiya – Yaponiya 3:2 (0:0, 3:2)
Gollar: 0:1 – 48 Xaraguti, 0:2 – 52 Inui, 1:2 – 69 Vertongen, 2:2 – 74 Fellayni, 3:2 – 90 Shadli.
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Kompani, Vertongen, MenYE, de Bryuyne, Vitsel, Ferreyra Karrasko (SHadli, 65), Mertens (Fellayni, 65), Azar, Lukaku.
Yaponiya – Kavasima, Sakai, Yosida, Sedzi, Nagatomo, Xasebe, Shibasaki (YAmaguti, 81), Xaraguti (Xonda, 81), Kagava, Inui, Osako.
Ogohlantirish: Shibasaki (40).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:07, 03.07.2018.
O'qildi: 11542 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.