Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Himoya hujumga qarshi. Kim ilk yarim finalchi bo‘ladi?

Himoya hujumga qarshi. Kim ilk yarim finalchi bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Jahon chempionati. 1/4 final. 6 iyul. URUGVAY – FRANSIYA. 19.00 (Toshkent)

Bugun Nijniy Novgoroddagi shu nomli stadionda JCH-2018 chorak finali doirasidagi ilk uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bugun dunyoning hujum chizig‘i eng kuchli terma jamoalaridan biri dunyoning himoya chizig‘i eng kuchli terma jamoalaridan biriga qarshi maydonga chiqadi. Deshammi yo Tabares g‘olib. Buni bugun bilib olamiz.

Falsafiy savol

Urugvay va Fransiya terma jamoalari bahsi arafasida shotland yozuvchisi Ien Benksning «Shisha bo‘ylab qadamlar» nomli kitobidagi falsafiy savolni berishmoqda: «To‘xtatib bo‘lmas kuch joyidan jilmas ob’ekt bilan to‘qnashganda nima bo‘ladi?»

Bu o‘rinda to‘xtatib bo‘lmas kuch - Didye Desham jamoasidir. Bu terma jamoaning chorak finalga chiqishidagi asosiy qahramon Kilian Mbappeni ham hech kim to‘xtata olmayapti, u nimchorak finalda Argentinaga qarshi o‘yinda har safar oldinga tashlanganida raqib himoyachilari ojiz qolaverishdi. Joyidan qimirlamaydigan ob’ekt esa - Oskar Tabares qurgan, Diyego Godin va Xose Mariya Ximenesdan iborat metin himoyadir. Bu himoya yil boshidan buyon faqat bitta gol o‘tkazdi, faqatgina JCH-2018 turniri nimchorak finalida (Urugvayning 2:1 hisobidagi g‘alabasi) Portugaliyaga qarshi o‘yinning 55-daqiqasida Pepe Fernando Muslera darvozasini ishg‘ol eta oldi. Bir qarashda fransuzlarning yarim finalga yo‘l olish imkoniyati yuqoridek ko‘rinmoqda, ammo urugvayliklar 90 daqiqa chidab berishsa, muvozanat o‘zgarishi aniq.

Mbappening yovvoyi tezligi

Argentinaliklar bilan o‘yin shunday tasavvur uyg‘otdiki, fransuzlar to‘pni oldinga tepib yuborishsa bas, uyog‘ini Kilian Mbappe hal qiladi. Kilianning tezligi Desham qo‘lidagi asosiy kuzirdir. Qolaversa, bu yosh futbolchidagi texnarlik qobiliyati va egiluvchanlik terma jamoaning hujumdagi imkoniyatlarini karrasiga oshiradi. Uni fol ishlatmasdan to‘xtatib qolishga urinish befoyda bo‘lib kelmoqda. Himoyachini sariq kartochka olishga majbur qilish, penalti ishlash unga muammo emas. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, Godin va Ximenes Diyego Simeone qo‘li ostida pishgan, «Atletiko» safida Ispaniya chempionati o‘yinlarida toblangan katta tajribali futbolchilar va Mbappe ham bu o‘yinda erkin harakatlana olmaydi.

Grizmanni bartaraf etish

«Atletiko»da Grizmanning barcha imkoniyatlaridan boxabar bo‘lgan Godin va Ximenes ushbu hujumchini osonlik bilan qurolsizlantirishi mumkin. «Kichik shahzoda» Argentinaga penaltidan gol urdi, ammo Urugvayga qarshi o‘yinda bunday imkon bo‘lishi qiyin. Shu bilan birga, Grizmann ham urugvaylik himoyachilarni juda yaxshi biladi.

Kavanining jarohati

Urugvayda asosiy muammo - jamoaning asosiy hujumchisi Edinson Kavani Portugaliyaga qarshi kechgan nimchorak final o‘yinida jarohat olib safdan chiqqani bo‘ldi. Urugvay yarim finalga chiqish uchun nafaqat gol urdirmasligi, balki gol urishi ham kerak. Ko‘rinishidan Kavani o‘yingacha tayyor bo‘la olmadi, u portugallarga qarshi o‘yinda ikki gol urgach, maydonni barvaqt tark etgandi. Dastlabki tashxisda Kavani mushaklar uzilishidan qutulib qolgani aytilgandi, ammo u terma jamoaning oxirgi mashg‘ulotlarida ko‘rinmagan. Agar uning holati yaxshi bo‘lgan taqdirda ham murabbiy unga faqat zaxira o‘rindig‘idan joy berishi va ikkinchi bo‘limda maydonga tushirishi mumkin. Agar Kavani boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olmasa, Luis Suaresga hujumda Kristian Stuani sherik bo‘lishi mumkin. O‘rnini kim egallashidan qat’i nazar, «Matador»ning yo‘qligi bilinadi.

Urugvayning imkoniyatlari

Fransuzlar Suares yolg‘iz holda ham xavfli ekanini yoddan chiqarmasliklari lozim. Fransuzlarda bu turnirda himoya markazi ishonchli harakat qilmayapti, qanotlarda harakat qilayotgan Benjamin Pavar va Lyuka Ernandes esa hali tajribasiz. Ular tezkor Diyego Laksalt va fransuzlar jarima maydoniga to‘pni yetkazib berishga mas’ul, tajribali Martin Kaseresga qarshilik ko‘rsatishi qiyin bo‘ladi.

URUGVAY – FRANSIYA
6 iyul. Nijniy Novgorod. «Nijniy Novgorod». 19.00 (Perviy).
Hakamlar: PITANA. Maydana, Belatti (barchasi – Argentina).
Diskvalifikasiyalar: yo‘q – Matyuidi.

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 16:42, 06.07.2018.
O'qildi: 3127 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.