Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Bernardu Silva: «Ronaldu yildan-yilga kuchaymoqda»

Bernardu Silva: «Ronaldu yildan-yilga kuchaymoqda»

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva Urugvayga qarshi uchrashuvdan so‘ng intervyu berdi. O‘sha bahsda 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan portugaliyaliklar jahon chempionatini tark etishdi.

- Aslida yomon o‘ynamadik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda, - deydi Silva. - Vaziyatlar yuzaga keltirdik. Gol urishni juda istagandik. Afsuski, ikkinchi golni urolmadik.

Urugvayni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Ajoyib jamoa. Tarkibida jismonan kuchli va mahoratli futbolchilar jamlangan.

- Uchrashuvga Edinson Kavani qanday ta’sir o‘tkazdi?

- O‘zingiz ham guvohi bo‘lganingizdek, u hujum chizig‘ida katta mehnat qildi. Shuningdek, himoyaga ham o‘tib turdi. Umuman olganda, hujumchilar himoyaga kamdan-kam hollarda qaytishadi.

Kavani esa universal. Jamoasi g‘alabasiga o‘zining ulkan ulushini qo‘shdi. Shuningdek, bizga ham yetarlicha tashvish tug‘dirdi.

- O‘yindan so‘ng Krishtianu Ronaldu kiyinish xonasida nimalar dedi?

- Nima deganini eshitmadim. Chunki flesh-intervyu berayotgandim. Lekin barchaning kayfiyati yo‘qligi shundoq ham ma’lum edi. Guruh bosqichidagi uchta uchrashuvda ham bor imkoniyatimizni ishga sola olmagandik.

Shunga qaramay, mag‘lubiyatga uchramagandik. Menimcha, 1|8 finalda turnirdagi eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qildik. Lekin mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdik. Bu kishini xafa qiladi. Biroq futbol o‘zi shunaqa.

- Ronaldu 33 yoshda. U terma jamoadagi faoliyatini davom ettiradimi?

- Bilmasam. Bu qanday qaror chiqarishiga bog‘liq. Terma jamoadagi sherigi sifatida Ronalduning qolishini istardim, u fantastik futbolchi. Iste’dodini to‘liq ta’riflash uchun so‘z topish ham mushkul. Ronaldu yoshi o‘tgani sabab energiyasini yo‘qotgan, deb hisoblamayman. U ajoyib mavsumni o‘tkazdi.

Chempionlar Ligasida ko‘plab gollar urdi, turnirda qatorasiga uch marta zafar quchdi. Joriy yilgi jahon chempionatida esa to‘rtta uchrashuvda to‘rtta gol urdi. Menimcha, u yildan-yilga kuchayib bormoqda. Ronalduning qolishiga ishonaman. Lekin Krishtianuning qanday qarorga kelishini vaqt ko‘rsatadi.

- Sizningcha, qaysi terma jahon chempioni bo‘ladi?

- Bu faqat jismoniy holatga emas, balki psixologiyaga ham bog‘liq. Fransiya, Braziliya kabi jamoalarning imkoniyatlari ancha yaxshi. Ammo Urugvay, Xorvatiya, Angliya kabi termalar ham bor. Ular syurpriz hadya qilishlari mumkin.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:59, 06.07.2018.
O'qildi: 3462 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик