Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Rud Gullit: «Biz yorqin avlod vakillari edik»

Rud Gullit: «Biz yorqin avlod vakillari edik»

Baho:
+ | -

Gollandiya terma jamoasining sobiq hujumchisi, 1988 yilgi Yevropa chempioni Rud Gullit Adidas uyushtirgan festival munosabati bilan Moskvaga tashrif buyurdi.

Bundan unumli foydalangan «Sovetskiy sport» nashri u bilan suhbat uyushtirdi.

- Bir paytlari soch turmagingiz esda qolarli edi. Bugungi kunda shunday turmakli futbolchi kim?

- Birdaniga qiyin savol bilan boshladingiz. Menimcha, Pogba. Hozirda shunday narsalarga ko‘proq e’tibor qaratishadi. Uzun sochlarim mening bir qismim edi.

- Rossiyada sizni Dasayev darvozasini ishg‘ol qilgan inson sifatida eslashadi.

- Yevro-1988 finalini yaxshi eslayman. Dasayevni jahonning eng yaxshi darvozaboni, deb tan olishgandi. Biz gol urgan ikki vaziyatda qutqarishning iloji yo‘q edi.

- O‘shanda Gollandiya terma jamoasida hammasi joyida edi. Hozir-chi?

- Bu inqiroz emas, balki odatiy hol. To‘lqin singari: bir safar past­ga, keyingisida yuqoriga intiladi. Biz yorqin avlod vakillari bo‘lganmiz. Endi yana yangi futbolchilar yetishib chiqmoqda. Hali ular o‘zlarini ko‘rsatishadi.

- Biz uchun Promes superyulduz hisoblanadi. To‘g‘risini ayting, Gollandiyada u haqda gapirishadimi?

- Gollandiya chempionatidagi yetakchi futbolchi to‘g‘risida Rossiyada gapirishadimi?

- Yo‘q.

- Bizda ham shunday. Chempionatingiz yaxshiligini bilamiz. Agar futbolchi Angliya yoki Germaniya chempionatlarida o‘zini ko‘rsatsa, o‘shani muhokama qilamiz.

- «Terek»dagi faoliyatingizni eslasangiz, birinchi navbatda xayo­lingizga nima keladi?

- Rossiyada ajoyib damlarni o‘tkazdim. Oldinlari ko‘rmagan joylarimga bordim.

- Masalan?

- Krasnodar. U yerda Petresku murabbiylik qilgan. Boshqa shaharlarda ham bo‘ldim. Har doim ham gazetalarga ishonaverish kerakmas. Aslida, Rossiyada barcha o‘ylaganidan ko‘proq narsalar bor. Hamma siyosat haqida gapiradi. Lekin hech kim, aytaylik, Krasnodar to‘g‘risida bilmaydi.

U yerda bo‘lganman. Ajoyib shahar. Mana, men Rossiya xalqining sushini yaxshi ko‘rishini bilib oldim. Hamma yerda yapon restoranlari bor.

- Krasnodarda Petresku bilan sushi yegani borganmisiz?

- Ha, o‘sha yerda ham futbolni muhokama qilganmiz. U bilan «Chelsi» orqali yaxshi tanishmiz. Darvoqe, Krasnodarda «Amsterdam» bariga duch keldim. Tasavvur qilyapsizmi? «Amsterdam»! Ishonish qiyin. Ammo men uchun eng esda qolarlisi parvozlar bo‘lgan.

- Nima uchun?

- Tupolev samolyotlarida uchish qo‘rqinchli. Ayniqsa, eski bo‘lsa. Gollandiyaga uchayotgan kunim xokkey jamoasi samolyotda halokatga uchragandi. Bunday parvozlar meni qo‘rqitardi.

- «Terek» rahbariyatidan zamonaviy samolyotlardan foydalanishni so‘ramaganmisiz?

- Qo‘limdan kelgan hammasini qilganman. Rossiya men uchun ajoyib tajriba maktabi bo‘lgan.

- Rossiya Premyer-ligasidagi o‘yindan so‘ng beshta so‘z aytgansiz. Tarjimoningiz Tom Sauer esa o‘sha so‘zlarni 100taga aylantirgandi...

- Tom meni yaxshi bilardi. Shu bois ham Rossiya madaniyati, tarixi va siyosati haqida gapirib bergan. Shuningdek, Kavkazni ham tushunib olganman.

Tarixni bilmay turib, futbolchilar bilan munosabat o‘rnatish qiyin. Aytgancha, Tom bilan hamon aloqadamiz. Tez orada yana ko‘rishamiz, deb umid qilaman.

- «Terek» siz bilan yaxshi munosabatda xayrlashmagan. Klubdagilar diskoteka va barlar haqida ko‘p o‘ylagangizni aytishgandi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:59, 08.07.2018.
O'qildi: 4118 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.